Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov senator bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Saylov natijalariga ko‘ra Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Bundan avval Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylangandi.
Izoh (0)