Toshkent shahar Chilonzor tumanida Nexia-2 ta‘mirlash uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Unga ko‘ra, Chilonzor tumani 19 mavze Kattahirmontepa ko‘chasi 56-uy qarshisida yo‘lning qatnov qismi, yuqori kuchlanishli elektrokabelida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Chilonzor tumani Elektr tarmoqlarining tezkor avariya tiklash guruhi tomonidan 16-iyun 15:30 larda qazish ishlari amalga oshirilgani ma‘lum bo‘ldi.
16-iyun kuni soat 21:30 larda aynan shu qazilgan joydagi chuqurlikka Nexia-2 rusumli avtomashina tushib ketgan. Ta‘mirlash joyiga yo‘l belgilari o‘rnatilgan.
Holat bo‘yicha tan jarohat olganlar haqida navbatchilik qismiga ma‘lumot kelib tushmagan.
Izoh (0)