Toshkent shahar Yashnobod tumanida Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 16-iyun kuni soat 08.10 larda Yashnobod tumani THAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1984-yilda tug‘ilgan N.S. Spark‘ni boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan 1995-yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)