Fransiyada aprel oyida prezident Emmanuel Makronga suiqasd uyushtirishga urinishda gumon qilingan shaxs hibsga olindi. Bu haqda Le Parisien gazetasi xabar bermoqda.
“O‘ta so‘lchi faol hibsga olinib, tergov qilinmoqda. U aprel oyida respublika prezidenti hayotiga suiqasd qilishga urinishda ayblanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 27-aprel kuni Makronning Du departamentiga tashrifi chog‘ida uni pensiya islohotiga qarshi bo‘lgan namoyishchilar qarshi olishgan. Jandarmlar ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Makron departamentni tark etayotganida, hozirda qo‘lga olingan erkak prezident o‘tiradigan vertolyotga o‘zidan tutun chiqaradigan pirotexnik vosita uloqtirgan.
Hibsga olingan shaxs pensiya islohotidan noroziligini shu yo‘l bilan bildirmoqchi ekanini aytdi.
Izoh (0)