Perulik tadqiqotchilar yoshi uch ming yil deb baholangan mumiyoni topishdi. Qazishmalar mamlakat poytaxti Limaning eski tumanida olib borildi, deb xabar beradi “MIR 24”.
Taxminlarga ko‘ra, bu 50 yoshlardagi erkakning mumiyolangan jasadi. Uning bosh suyagi va hatto uzun qora sochlari yaxshi saqlangan.
Mumiyoning oyoqlari arqon bilan bog‘langan, shu sababli olimlar u qurbonlikka keltirilgan degan taxminni bildirmoqdalar.
Qoldiqlar yonidan loy bo‘laklari, makkajo‘xori zarralari, chig‘anoq va koka barglari ham topilgan. Bu narsalar qurbonlikka keltirish marosimi paytida yoki undan keyin ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)