Fransiya g‘arbida 5 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Bu avvalgi zilziladan 12 soat o‘tar-o‘tmas sodir bo‘ldi.
Birinchi yer silkinishi 16 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 18:38 da De Sevr departamenti chegarasidagi Kram-Shaban kommunasi yaqinida qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,8 ni (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra - 5,3 ni) tashkil qildi, epitsentr 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Mahalliy hokimiyat bir necha o‘nlab uylar vayron bo‘lgan va qisman qulaganini ma’lum qildi. Ba'zi hududlarda elektr uzatish liniyasi shikastlangan, mingdan ortiq odam elektrsiz qolgan.
Hozircha zilzila natijasida bir kishi jabrlangani aniqlangan. U yengil tan jarohati olgan bo‘lib, unga qutqaruvchilar yordam ko‘rsatushgan.
16-iyun, juma kuni Turkiyaning janubi-sharqida ham zilzila sodir bo‘ldi. Uning magnitudasi 4,1 ni tashkil etdi. Zarar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)