AQSH urushni o‘rganish instituti tahlilchilari Rossiya uchun Belarusda yadro qurolini joylashtirish foydali ekanini bildirdi.
Tahlilchilar Kremlning yadro kallaklarini joylashtirishga oid bayonotlarini Rossiyaning Belarus ustidan amalda harbiy nazoratni taʼminlashga urinishi sifatida baholamoqda. Kremlga ko‘ra, Rossiya ilgari e‘lon qilingan rejalarga muvofiq, Belarusga taktik yadro kallaklarini (Rossiya nazorati ostida) topshirishni boshlagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16-iyun kuni Belarusga birinchi taktik yadro kallaklari joylashtirganini ma’lum qilgan. U Rossiya kuchlari 2023-yil oxirigacha Belarusga rejalashtirilgan taktik yadro kallaklarini to‘liq yetkazib berishini aytgan.
ISW Belarusda yadro qurolini joylashtirish vaziyatning keskinlashishini anglatmasligi, bu Rossiyaning uzoq muddatli strategiyasining faqat bir qismi ekanini xulosa qilgan.
Izoh (0)