Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Ero‘g‘on unga haykal o‘rnatishlariga qarshi chiqdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Mazkur taklif avvalroq Bolu shahrining muxolifat meri tomonidan ilgari surilgandi. U Erdo‘g‘on prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, unga haykal o‘rnatishga va’da bergandi.
Turkiya prezidenti shahar merining bu boradagi so‘roviga javoban davlat xizmatchilari yodgorlik o‘rnatish bilan emas, samaradorligi bilan ajralib turishi kerakligini aytdi. Siyosatchi bu mablag‘ni Bolu shahrining muhtoj fuqarolariga yordam berish uchun sarflash maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi.
Izoh (0)