Rossiya fuqarolari Afg‘onistonga sayohat qilishdan voz kechishlari kerak, tashrif faqat o'ta og'ir holatlarda, rasmiy holatlarda amalga oshishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirligining Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.
“Sayohat sababidan qat’i nazar, rosiiyaliklarga Afg‘onistonga tashrifdan tiyilish tavsiya qilinadi. Afg‘onistonga sayohat qilish faqat so‘nggi chora sifatida va rasmiy holatlarda bo‘lishi kerak, bu haqda Kobuldagi elchixonamiz xabar bergan. Ular Respublikada kechayotgan vaziyatdan yaxshiroq xabardor”, — dedi Kabulov.
U Afg‘onistondagi vaziyat keskinligicha qolayotgani ta’kidladi. Rossiya Bosh konsulligining fikriga Afg‘onistonning Rossiyadagi elchixonasi ham qo‘shiladi.
“Ular mamlakatga kirish xavfli ekanini tushunib, afg‘on hukumati tomonidan uyushtirilgan tashrif uchun tadbirkorlarga viza berishga harakat qiladi. Bu hukumat imkoni boricha tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini kafolatlashini anglatadi”, — deydi Putinning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili.
Izoh (0)