“Sberbank” Avstriyadagi sho‘ba kompaniyasini sotish bo‘yicha bitimni yakunladi va Yevropa bank bozorini butunlay tark etdi.
““Sberbank” guruhi Avstriyadagi Sber Vermögensverwaltungs sho‘ba kompaniyasining 100% ulushini Shtefan Zochling nazoratidagi Avstriya kompaniyasiga sotish bo‘yicha bitim yopilganini e’lon qiladi. Shunday qilib, Sber Yevropa bank bozoridan butunlay chiqib ketdi”, — deyiladi bayonotda.
Bitimni yakunlash uchun barcha zarur normativ ruxsatnomalar olingani xabar qilinmoqda.
Yevropadagi “Sberbank” Europe AG sho‘ba kompaniyamizning xorijiy investorga sotilishi dunyodagi mavjud vaziyat bilan bog‘liq. Biz bitim shartlaridan mamnunmiz. Sber Rossiyada moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Rossiyada bizning 106 million sodiq mijozlarimiz bor, — dedi “Sberbank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Vedyaxin.
“Sberbank” — Rossiyadagi eng qadimiy va yirik banklardan biri bo‘lib, 1841-yilda Nikolay I tomonidan tashkil qilingan. “Sberbank”ning joriy bozor kapitallashuvi 5,543 milliard rublni (66 mln dollardan ko‘proq) tashkil qiladi.
Izoh (0)