Turkiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning magnitudasi 4,1 ni tashkil etdi, deyiladi mahalliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi bayonotida.
Yerosti silkinishlari Tushba viloyatining Van tumanida mahalliy vaqt bilan soat 12:54 da qayd etilgan. Seysmik faollik markazi yetti kilometr chuqurlikda joylashgan. Zarar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Ma'lumot uchun, 10-iyun kuni Fidji orollari qirg‘oqlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentri orol davlati poytaxti Suva shahridan 360 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
Shu yilning fevral oyida Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilzilalar “o‘tgan 100 yildagi eng dahshatli ofat” sifatida baholangandi.
Fevral oyidagi zilzilalar natijasida Turkiyada jami 50 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi hamda 107 mingdan ortiq odam jarohatlandi.
Izoh (0)