• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Siyosat, futbol, mafiya. “Milan”ni raqobatbardosh klubga aylantirgan afsonaviy prezident Silvio Berluskoni haqida (video)

    Italiya sobiq bosh vaziri, “Milan”ning afsonaviy prezidenti Silvio Berluskoni 12-iyun kuni 86 yoshida vafot etdi. Futbolga katta pullar bilan kirib kelib, “Milan”ni sotib olgan vaqtda Silvio buni faqatgina piar uchun qilganlikda ayblangandi. Biroq hozirda ba’zi sobiq murabbiylarning Berluskoni asosiy tarkibni tanlashga qanchalik ko‘p aralashgani haqidagi hikoyalaridan so‘ng bu shubhaga o‘rin qolmagan. Quyida mafiya bilan aloqalari bo‘lgan, siyosat bilan shug‘ullangan va bir necha marta sudlangan Silvio Berluskoni haqida so‘z boradi.

    Niderlandiyaliklar, sakkizta Skudetto va beshta Kubok egalari kubogi

    Berluskoni “Milan”ga kelgach, shiddat bilan pul sarflay boshladi. U paytda futbol boshqacha edi, jamoa raqobatbardosh bo‘lishi, ustunlikka erishishi uchun bir yoki ikkita yulduz o‘yinchini sotib olishi kifoya edi. Silvio avvaliga Daniele Massaro va Roberto Donadonini, bir yildan keyin esa Rud Gullit va Marko van Bastenni sotib oldi. Jamoa murabbiyi etib Arrigo Sakki tayinlandi. Biroz vaqt o‘tgach, Frank Raykard ham Milan shahriga ko‘chib o‘tdi.

    Foto: Dutch Football

    Birinchidan, Berluskoni xorijlik futbolchilar uchun belgilangan kvotalarni bir mamlakat futbolchilari bilan to‘ldirishni modaga aylantirdi. Masalan, “Inter” ham “Milan” kabi ish tutdi va germaniyalik futbolchilar Andreas Breme, Yurgen Klinsman, Lotar Matteusni jamoaga taklif qildi. SSSRda tug‘ilgan Aleksandr Zavarov va Sergey Aleynikov “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi.

    Ikkinchidan, Berluskoni “Milan”ni g‘olib jamoaga aylantira oldi. 1990-yildan boshlab olti mavsum davomida klub to‘rt marta Italiya chempioni bo‘ldi, ikki marta Kubok egalari kubogini yutdi. Tarkibida “Oltin to‘p” sohibi yoki bu sovringa da’vogar futbolchining bo‘lishi milanliklar uchun an’anaga aylandi. 2000-yillarda ham jamoa sovrinlar yutishda davom etdi.

    Oxirgi yillarda Berluskonining usullari muxlislarning g‘azabini keltirib chiqardi. Biroq gap usullarda emas, balki o‘zgargan moliyaviy vaziyatda edi. Futbol avvalgidan ko‘ra ko‘proq moliyaviy investitsiyalarni talab qilardi. Fininvest kompaniyasining moliyalashtirishi esa asta-sekinlik bilan kamayib bordi.

    Qanday qilib yo‘q joydan pul ishlash mumkin?

    Albatta, futbol Berluskoni uchun yagona ishtiyoq manbasi emasdi. Yoshligidan uning asosiy iste’dodi pul topish edi. Silvio 20 yoshida o‘qishiga pul to‘lash uchun kruiz kemalarida qo‘shiqchi bo‘lib ishlagan. 50 yoshida esa Italiyaning eng boy odamlaridan biri edi. Yana yigirma yil o‘tib esa uning boyligi sakkiz milliard dollarga baholangandi.

    Foto: Getty Images

    Eng qiyini — boshlash. Berluskoni juda dadil start oldi. Silvio Milan chekkasidan yer sotib oldi va u yerda kichik tuman qurishni boshladi. Yer qimmat emasdi, bu joyning yaqinida Linate aeroporti joylashgandi, samolyotlarning qo‘nishi va parvozi vaqtidagi shovqini bu yerni yashash va ishlash uchun yaroqsiz holga keltirgandi. Ammo Berluskoni shifoxona qurdi va samolyotlarning shovqini bemorlarga xalaqit berishini aytib, shahar hokimiyatiga murojaat qildi. Natijada uchish va qo‘nish yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi, hudud tinchlandi, yer narxi keskin oshdi.

    Berluskoni RA kompaniyasining davlat monopoliyasini chetlab o‘tib, alohida telekanalga asos soldi. Qonunga ko‘ra, nodavlat telekanallar faqat ma’lum hududda faoliyat yuritishiga ruxsat berilgandi, faqat davlat televideniyesi butun mamlakat bo‘ylab ko‘rsatilishi mumkin edi. Ammo Berluskoni bir xil ko‘rsatuvlar efirga uzatiladigan mintaqaviy kanallar tarmog‘ini yaratdi, faqatgina dasturlar ko‘rsatiladigan vaqt farq qilardi.

    Silvio o‘z kanallarida reklama vaqtini sotishni boshladi va birinchi yilda 6 million yevro atrofida pul ishlab topdi. Ikkinchi yilda esa bu ko‘rsatkich 80 million yevroga oshdi. Hukumat Berluskoni kanallarini translyatsiya qilish huquqidan mahrum qildi va tartibsizliklar boshlandi. Qonunlar o‘zgartirildi, uning kanallaridagi ko‘rsatuvlar efirga qaytdi.

    Forza Italia

    Gap “Skuadra Adzurra” muxlislari haqida ketyapti, deb o‘ylashingiz mumkin, biroq Berluskoni o‘z siyosiy partiyasini shunday nomlagandi. Partiya 1994-yilda paydo bo‘lgan va o‘shandan beri o‘n minglab italiyalik muxlislar tribunalardan “Forza Italia” deb hayqirganda, Berluskoni partiyasini ham reklama qiladi.

    Foto: Agenzia Nova

    50 yoshli biznesmen siyosatga ishonch bilan kirib keldi. Uning partiyasi darhol saylovlarda g‘alaba qozondi, Berluskoni Italiya bosh vaziriga aylandi. O‘shandan beri Silvio Italiya siyosatining ramziga aylandi. Berluskoni bu lavozimda to‘qqiz yildan ortiq faoliyat olib bordi, uch marta o‘z o‘rnini tark etdi va ikki marta qaytib keldi.

    Bu vaqt ichida Berluskoni bir necha bor turli jinoyatlarda ayblanib, sudda ishtirok etdi. Hammasi bo‘lib, o‘ndan ortiq sud jarayoni bo‘lib o‘tdi, ammo ularning faqatgina beshtasi rezonans keltirib chiqardi.

    Mafiya

    Berluskonining mafiya bilan aloqalari haqida 1990-yillarda muhokama qilish boshlangandi. Sudya Paolo Barsellino Berluskonini ayblab chiqqanidan bir necha kun o‘tib, o‘ldirib ketildi va mish-mishlar yanada kuchaydi. Besh yil o‘tgach, Silvioga qarshi ish tugatildi, ammo uning partiyadoshi yetti yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Ayblovlar orasida giyohvand moddalar savdosidan kelgan pullarni yuvish ham bor edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu pullar Linate aeroporti yaqinidagi kichik tumanni qurishga sarflangan.

    Foto: Getty Images

    Berluskoni bir necha bor soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan va 2012-yilda sud uning aybini isbotlagan. Sobiq bosh vazir to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq tez orada muddat bir yilga qisqartirildi. Bir necha murojaatlardan so‘ng, Berluskonining yoshi katta bo‘lgani uchun qamoq jazosi uy qamog‘iga o‘zgartirildi.

    Tez orada Mediaset kompaniyasidagi firibgarlik bilan bog'liq yana bir shov-shuvli sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Hukm: jamoat ishlari va deputatlik imtiyozlaridan mahrum qilish.

    Nihoyat, 2015-yilda Silvio hukmron koalitsiya deputatiga pora bergani isbotlandi. Deputat uch million yevro evaziga muxolifat safiga o‘tdi va shu tariqa koalitsiyani minimal talab qilinadigan ovozlardan mahrum qildi, parlament vayron bo‘ldi. Deputatni sotib olgani uchun Berluskoni uch yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi, biroq jinoyat uchun da’vo muddati hukm chiqarilgunga qadar tugagani uchun jazo amal qilmadi.

    “Milan”ni sotish

    Berluskoni 80 yoshida, o‘z so‘zlariga ko‘ra, haftada uch kunini advokatlar bilan o‘tkazardi, qolgan vaqtlarida esa “Milan” murabbiylarining ishiga aralashardi va buni yetarlicha faol darajada qilmayotganidan afsusda ekanini aytardi. Shuningdek, xaridorlar qidirayotganini ma’lum qilardi.

    Silvio klub muxlislariga murojaat qilib, “Milan”ni muhabbat sabab sotib olganini va uni yanada ko‘proq muhabbat belgisi sifatida sotayotganini, klubni ishonchli qo‘llarga topshirishini aytdi. Muxlislar tushundi. Silvio Berluskoni 2017-yilning aprel oyida “Milan”ni Xitoy va Amerika konsorsiumi bo‘lgan Rossoneri Sport Investment Lux’ga sotdi. Klub 740 million yevroga baholangandi.

    Berluskoni futbolsiz uzoq yashay olmadi. 2018-yilda Italiya uchinchi divizioni S Seriyada harakat qiladigan “Monsa” klubini sotib oldi. Jamoa 2022/23-yilgi mavsumda esa o‘z tarixida birinchi marta A Seriyaga yo‘l oldi va 11-o‘rinni oldi.

    Silvio Berluskoni siyosatdagi o‘rni, mafiya bilan aloqalari va qatnashgan sudlaridan tashqari “Milan”ni raqobatbardosh jamoaga aylantirgani bilan ham ko‘pchilikning yodida qoladi.

    13.06.2023, 23:42   Izoh (0)   14055
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lionel Messi JCH—2026 da ishtirok etmasligini ma’lum qildi 

    13.06.2023, 19:45

    Muxlislarga to’la shahar, tramvaydayoq boshlangan bayram va Grilishning xursandchiligi. “Manchester Siti”ning chempionlik paradidan fotogalereya

    13.06.2023, 18:30

    Rasman: Igor Sergeyev — “Patum Yunayted” futbolchisi 

    13.06.2023, 16:27

    Yevropa Chempionlar Ligasida 2022/23-yilgi mavsumning eng yaxshilari aniqlandi 

    13.06.2023, 12:57

    Kilian Mbappe “PSJ” rahbariyatiga 2024-yil jamoani tark etishi yozilgan xat yubordi. Klub futbolchini sotib yubormoqchi

    13.06.2023, 10:46

    Qiyinchilik va ruhiy bosimlarni yenga olgan, qisqa muddatda ko‘zga ko‘rinarli natijalar ko‘rsatgan, Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Asila Mirzayorova bilan suhbat...

    12.06.2023, 21:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.