• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qiyinchilik va ruhiy bosimlarni yenga olgan, qisqa muddatda ko‘zga ko‘rinarli natijalar ko‘rsatgan, Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Asila Mirzayorova bilan suhbat (video)

    Tokio Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Asila Mirzayorova “Daryo” bilan suhbatda bo‘ldi. Asila hayotidagi qiyinchiliklar, sportga kirib kelishi va qisqa muddatda ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishgani haqida gapirib o‘tdi. 

    Bolaligi haqida

    Bolaligim Qashqadaryoning Qarshi shahrida o‘tgan. Yoshligimdan juda ko‘p qiziqishlarim bo‘lgan. Maktabda o‘qib yurgan vaqtlarim, musiqa maktabiga ham borardim. Shuningdek, karate sport turi bilan ham shug‘ullanganman.

    Qiyinchiliklar, ruhiy bosimlar haqida

    Oromgohdagi voqeadan keyin hayotimda kutilmagan vaziyat bo‘lgan. Albatta, qiyinchiliklar bo‘lgan, yolg‘izlanib qolganman. Avval ko‘p sport turlariga qiziqqanman, undan keyin esa nima qilish haqida ko‘p o‘yladim. Oilam bilan birgalikda bu qiyinchiliklarni yengib o‘tdik, Sekin-sekin yillar davomida ko‘nikishni boshladim. Shundan so‘ng yana sportga qaytdim.

    Sportni tanlashiga sabab bo‘lgan omil haqida

    Bu sport turini tanlashimga dadam sababchi bo‘lgan. Dadam bir kuni Paralimpiya sporti haqida aytdi. Dastlab, bu sport turi haqida bilmaganim uchun “yo‘q” javobini berganman. Inson ko‘rmay turib, hech narsa qila olmaydi, deb o‘ylaganman. Keyinchalik tanishib, sharoitlari zo‘rligini bilganimdan keyin shug‘ullanishni boshlaganman.

    Foto: Asila Mirzayorovaning shaxsiy arxividan

    Yugurish sport turidan uzunlikka sakrashga o‘tgani haqida

    Birinchi yugurish sport turidan boshlaganman. 100 metr, 200 metr masofalarga yugurishga qo‘yishgan. Biroq, katta musobaqalarda men uchun medal qo‘lga kiritish qiyin edi. Chunki yoshim juda kichik edi. Keyin uzunlikka sakrashga o‘tdim. Bu sport turida medal olishga imkoniyatim bor edi. Shundan buyon uzunlikka sakrash sport turi bilan shug‘ullanaman, Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ham kumush medalni qo‘lga kiritdim.

    Murabbiylari haqida

    Murabbiylarim ko‘p. Sardor Xudoyberganov, Sardor Abduxoliqov va Rahmon Jumayevich kabi murabbiylarim men bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bir murabbiyim jismoniy holatimizga qarasa, bir murabbiyim yugurish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Yana bir ustozim esa uzunlikka sakrash bo‘yicha bilimlarni ulashadi. Eng asosiy murabbiyim — Sardor aka. U kishi mashg‘ulotlarda nima meni qiynasa, o‘sha narsalarni tushuntirib beradi. Har bir murabbiyim qattiqqo‘l, o‘zlari aytgan natijalarni talab qilib oladi. Mening shu darajagacha chiqishimga ularning har birining o‘rni bor.

    Foto: Asila Mirzayorovaning shaxsiy arxividan

    Ilk musobaqasi haqida

    Birinchi katta musobaqam Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari bo‘lgan. 18 yoshimda 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqada ishtirok etganman. To‘g‘risini aytsam, qo‘rqqanman. Qanday natija qayd etaman, yutamanmi yo yutqazamanmi degan ikkilanishlar bo‘lgan. Lekin borganimdan so‘ng, uchalasidan ham birinchi o‘rinni olib qaytganman. Keyin o‘zimga nisbatan ishonchim ortishni boshlagan.

    Tokio Paralimpiya o‘yinlari haqida

    Tokiodagi o‘yinlar hayotimdagi eng asosiy va eng katta musobaqa bo‘ldi. Olimpiada o‘yinlari har doim birinchi o‘rinda turadi. Unda ishtirok etishni o‘zi bo‘lmaydi. Litsenziyani qo‘lga kiritish uchun qanchadan-qancha mehnat qilish kerak. Kuchli uchlikka kirishni o‘zi oson emas. Hayajon bo‘lgan. “Mana shu yerdan medal olib ketishim kerak”, degan narsa ichimda kuchlilik qilgan. Oxirigacha harakat qilganman, afsus, 9 sm yetmasdan, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganman.

    Qisqa muddatda sezilarli natijalarga erishgani haqida

    Qisqa muddatda uzunlikka sakrashdan kumush medalni qo‘lga kiritishim ortida juda katta qiyinchilik yotibdi. Buni faqat men, murabbiylarim va yonimdagi insonlar biladi. Juda qattiq mehnat qilganmiz, har bir narsa ustida ishlangan.

    Foto: Asila Mirzayorovaning shaxsiy arxividan

    Sport nimalar bergani haqida

    Sport menga hamma narsani berdi. Birinchi navbatda, umidsizlikka tushishdan qutqargan. O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytargan. Oldingiga nisbatan ancha ruhiy holatimni tiklab olganman. Sportning menga bergan eng katta narsasi shu.

    Sportdan tashqari qiziqishlari haqida

    Sportdan tashqari pianino chalishga qiziqaman. Hozir ham zerikkan paytlarim pianino chalaman.

    O‘zbekiston Paralimpiya Qo‘mitasi haqida

    Qo‘mitada hamma sharoitlar bor. Paralimpiya sportchilariga nima kerak bo‘lsa, hamma narsa bilan ta’minlanmoqda. Toshkentda joylashgan binoda yotoqxona ham, oshxona ham, ikki-uchta zallar ham mavjud.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi haqida

    Shavkat Mirziyoyev bilan to‘rtinchi bor ko‘rishdim. Avvalgilarida yuragimdagi gaplarni aytmoqchi bo‘lganman, lekin vaziyat bo‘lmagan. Yaqinda saylovoldi dasturida Shavkat Mirziyoyev bilan ko‘rishish imkoniyati bo‘ldi, ichimdagi minnatdorchiligimni bildirib oldim.

    Uzunlikka sakrash bo‘yicha eng yaxshi natijasi haqida

    Hozir eng yaxshi natijam — 5 metr-u 21 santimetr. Yaqinda bo‘lib o‘tgan saralash o‘yinlarida bu natijani qayd etdim. Endi natijalarni bundan-da yaxshiroq qilmoqchiman.

    Jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida

    Jahon chempionatiga tayyorgarlik Paralimpiya o‘yinlaridan ham kuchliroq ketmoqda. Chunki biz birinchi o‘ringa da’vogarlardanmiz. Braziliya va Xitoydan eng kuchli raqiblarim bor. Aynan ular bilan birinchi o‘rin uchun kurash boradi. 8-iyul sanasida chempionatdagi ishtirokimni boshlayman.

    Hech qachon taslim bo‘lmaslik haqida

    Imkoniyati cheklanganmi, cheklanmaganmi, meni eshitib turgan insonlarga umuman to‘xtamasliklarini aytgan bo‘lardim. Bir kuni hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Chunki mehnat hech qachon mukofotsiz qolib ketmaydi. Hech qachon umidsizlikka tushmasdan, yaxshi niyat bilan harakat qilish zarur.

    Asila Mirzayorova, Tokio Paralimpiya o‘yinlari sovrindori

    12.06.2023, 21:22   Izoh (0)   7275
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pep Gvardiola “Manchester Siti”dan so‘ng terma jamoa boshqaruviga o‘tadi 

    12.06.2023, 20:38

    O‘zbekiston — Ummon uchrashuvida “Bunyodkor” stadionida bukmekerlik kompaniyasi reklamasi namoyish etildi. O‘FA bunga aloqador emasligini ma’lum qildi

    12.06.2023, 15:33

    “Milan” sobiq prezidenti Silvio Berluskoni 86 yoshida vafot etdi

    12.06.2023, 13:50

    Floyd Meyvezer va mafiya boshlig‘i nabirasi o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi (video)

    12.06.2023, 13:16

    Novak Jokovich Rolan Garros g‘olibiga aylandi va Rafael Nadalning rekordlarini yangiladi

    12.06.2023, 11:02

    U-20 JCH—2023. Urugvay yoshlari Italiyani yengib, jahon chempioniga aylandi. Janubiy Koreya bronza uchun kechgan o‘yinda yutqazib qo‘ydi

    12.06.2023, 09:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.