Samarqand viloyatida ikkinchi kun kuzatilayotgan kuchli shamol tufayli ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, viloyatda esayotgan kuchli shamol sabab soat 8:00 da ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida Samarqand shahri, Jomboy, Urgut, Tayloq, Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarining ayrim hududlarida jami 3 250 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Viloyatda shunday ob-havo sabab 12-iyun kuni ham qator hududlar: Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari elektr ta’minotidan uzilgandi. Soat 23:30 ga kelib Samarqand viloyatidagi o‘chgan tarmoqlarning barchasi ulangan.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishini bildirdi.
Izoh (0)