Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan bozorda yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. FVV yong‘in o‘chirilganini ma’lum qildi.

12-iyun kuni soat 19:17 da Qo‘qon shahar Baynalmilal ko‘chasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” savdo kompleksi hududidagi do‘kon rastalarida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 20:25 da qurshab olinib, soat 23:30 da bartaraf etilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)