• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “2022-yilda hokimlarning yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi 5 ta qarori bekor qilingan” — Adliya vazirligi

    O‘zbekistonda taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasi tartibga keltirilib, yangicha tizim yaratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasida keltirib o‘tilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qonun loyihasida yozilishicha, endi taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi. Taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishidan kamida 20 kun oldin bunday qaror qilish sabablari haqida jamoatchilik mahalliy ijro hokimiyati organining tegishli rasmiy internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinadi.

    Ta’kidlanishicha, qonun kuchga kirgach, yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi. Reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi. 

    Vakolatli davlat organlari fuqarolarning yo‘l harakatini tartibga solish texnik vositalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng davlat standartlari, yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida yo‘l harakatini tartibga solish texnik vositasi o‘rnatilishi yoki o‘rnatish zarurati mavjud emasligi haqida qaror qabul qiladi.

    Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda yo‘l harakati xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

    Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyevning 12-iyun kuni AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida aytishicha, hozirda qonunchilikda yo‘l belgilarni o‘rnatishning huquqiy asoslari, ularni amalga oshirish tartibi va mexanizmlari aniq belgilab berilmagan. 

    “Natijada joylarda huquqni qo‘llash amaliyoti turlicha shakllangan bo‘lib, yo‘l belgilarini tegishli asoslarsiz o‘rnatish holatlari mavjud. Misol uchun, birinchi instansiya ma’muriy sudlari tomonidan 2022-yil davomida tuman va shahar hokimlarining yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi 5 ta qarori bekor qilingan”, — deya tushuntirdi Furqat Tojiyev.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, taqiqlovchi yo‘l belgilari yo‘l harakati qatnashchilarini oldindan xabardor qilmasdan o‘rnatilmoqda.

    “Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida har yili o‘rtacha 7 milliondan ortiq turli qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. O‘z navbatida, yo‘l belgilari o‘rnatilishi to‘g‘risida jamoatchilik oldindan xabardor qilinmasligi singari omillar qoidabuzarliklar soniga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Bundan tashqari, yo‘l belgilari o‘rnatilishida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini olib borish uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilmagan. Xususan, yo‘l belgilarining reyestrini yuritish va dislokatsiyasini e’lon qilib borish amaliyoti mavjud emas”, — deb aytib o‘tdi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i.
    12.06.2023, 18:39   Izoh (0)   5340
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 7 yoshli bolani qutqarib, o‘zi qochishga ulgurmagan ayolni poyezd bosib ketdi

    12.06.2023, 18:34

    Rossiyada ish haqini ololmayotgan o‘zbekistonliklarga 5,6 ming dollar undirib berildi

    12.06.2023, 17:44

    Qashqadaryoda fermerlar noroziligi ortidan qamalgani aytilgan bloger aslida tuman hokimi va bosh hisobchi bilan qarama-qarshilikka borgani maʼlum bo‘ldi

    12.06.2023, 17:35

    Jizzaxdagi shifoxona hovlisida qarovsiz yotgan erkak vafot etdi

    12.06.2023, 17:21

    Mirobod tumani hokimi poytaxt “elektroset”ga direktor etib tayinlandi

    12.06.2023, 16:46

    Shahrisabzda fuqaroning chetga chiqishiga qo‘yilgan taqiqini “yechib berishi”ni aytib, 1200 dollar olgan MIB xodimlari qo‘lga olindi

    12.06.2023, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga telefon importi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 12:50

    Kayfiyatingizni ko‘tarib, hayotga qiziqish uyg‘otadigan 7 ta film

    Kino | 19 iyul, 12:26

    “Manchester Siti” Vinisius uchun kurashga kirdi

    Sport | 19 iyul, 11:59

    Chevrolet yangilangan Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshladi

    Avto | 19 iyul, 11:55

    Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:46

    Tramp “Epshteyn ishi” bo‘yicha barcha maxfiy materiallarni oshkor qilishni buyurdi

    Dunyo | 19 iyul, 11:35

    Foto: Namangan dalalarida paxta ochildi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:15

    Shov-shuvli janjallar tufayli karyerasini o‘z qo‘li bilan barbod qilgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyul, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.