Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida mavjud qarzdorlik sabab xorijga chiqish uchun qo‘yilgan taqiqini “yechib berish” evaziga undan 1200 dollar olgan MIB xodimi qo‘lga olindi. Xodimning bu qilmishi DXXning viloyat boshqarmasi va hamkor idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro DXXning Shahrisabz shahar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, MIB xodimi uning chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqini “yechib berishi” evaziga pora talab qilib, 1200 dollar pul olganini aytib, yordam so‘ragan.
Arizaga ko‘ra, tashkil etilgan tezkor tadbirda MIBning Ko‘kdala va Shahrisabz tuman bo‘limi davlat ijrochilari fuqarodan olingan 1200 dollarini qaytarib berayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)