Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada qarshi hujum harakatlari olib borilayotganini aytdi. Ammo ular qaysi bosqichda ekanini aytmadi.
Jurnalistlar Vladimir Zelenskiydan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir kun avval “Ukraina armiyasi hech qanday sektorda o‘z maqsadlariga erisha olmagani” haqidagi bayonotiga izoh berishni so‘radi.
“Men har kuni turli yo‘nalishdagi qo‘mondonlarimiz bilan aloqadaman. Hozir hamma ijobiy kayfiyatda. Putinga shuni ayting”, — dedi Vladimir Zelenskiy Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
“Ukrainada tegishli qarshi hujum va mudofaa harakatlari bo‘lib o‘tmoqda, qaysi bosqichda ekaniga to‘xtalmayman. Natijalar tez orada seziladi. Men Telegram kanallari va Putinning xabarlariga ishonmayman. Biz qo‘shinlarimizga ishonishimiz kerak. Men ularga ishonaman”, — dedi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)