Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi, u safarini Rossiya bosqinida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan Mixaylv monastiridagi Xotira devoriga gulchambar qo‘yishdan boshladi. Bu haqda CBC xabar bermoqda.
![](/static/2023/surayyo2/tryudoo.avif)
Tryudoga moliya vaziri Kristia Friland hamrohlik qilmoqda.
U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi va Oliy Radada nutq so‘zlaydi. Tryudo o‘z nutqida Kiyevga qo‘shimcha yordam va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi.
![](/static/2023/surayyo2/tryudo.jpg)
![](/static/2023/surayyo2/photo_2023-06-10_15-45-54.jpg)
Bu Tryudoning urush boshlanganidan beri Ukrainaga ikkinchi tashrifi. O‘tgan safar u 2022-yil may oyida kelgandi. Kanada bosh vaziri Kiyev viloyatining Bucha shahriga tashrif buyurgan — shaharda Rossiya bosqini paytida tinch aholining qirg‘ini sodir etilgandi.
Izoh (0)