Buyuk Britaniya hukumati Kaxovka GESdagi fojia qurbonlariga yordam berish uchun Ukrainaga qo‘shimcha 16 million funt sterling ajratdi, deyiladi Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Buyuk Britaniya 10-iyun kuni Ukraina Novaya Kaxovka to‘g‘oni vayron bo‘lishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda, qo‘shimcha 16 mln funt sterling (20 million dollar) gumanitar yordam taqdim etdi.
Britaniya tashqi ishlar vazirligi ta’kidlashicha, bu qaror allaqachon “220 million funt sterling miqdoridagi mavjud gumanitar yordam” (275 million dollardan ortiq) fonida qabul qilingan.
Izoh (0)