O‘zbekistonda ilk marta elektromobillar yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatadi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.
![](/static/Risolat/eleta.jpg)
Unga ko‘ra, ushbu xizmatni Buxoroga 30 ta elektromobil olib kelgan White House Bukhara MCHJ korxonasi ko‘rsatadi. Eko-taksilar to‘la quvvat bilan 500 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi. Yaqin orada tashuvchi parkiga yana 20 ta elektromobil kelib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, prezidentning 2022-yil 19-dekabrdagi qaroriga muvofiq, elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilgani uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.
Izoh (0)