• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Men kabi o‘lim topmang”. Juda erta mashhurlikka erishgan va o‘zini nobud qilgan Jorj Best haqida

    “Manchester Yunayted” safidagi o‘yinlari bilan mashhurlikka erishgan Jorj Bestning jurnalistlarga aytgan so‘nggi so‘zlari shunday bo‘lgan: “Men kabi o‘lmang”. Irlandiyaning shimolida tug‘ilgan futbolchi chap qanot yarim himoyasida o‘ynagan va 28 yoshida faoliyatini yakunlagan. Quyida iste’dod bo‘yicha Pele va Maradonadan o‘tib ketishi kutilgan iqtidor egasi qanday qilib o‘z faoliyatini barbod qilgani va operatsiya ham uning hayotini saqlab qolmagani haqida so‘z boradi.

    Jorj Best XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri, shuningdek, Shimoliy Irlandiya va “Manchester Yunayted”ning XX asrdagi eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan. U haqida “Maradona GOOD, Pele BETTER, George BEST” (Maradona yaxshi, Pele yaxshiroq, Jorj eng yaxshi) degan jumlalar o‘ylab topilgandi. Hayotining qorong‘i tomoni esa maydondan tashqarida bo‘lgan. Tungi klublar, qizlar, alkogol, mast holda janjal qilish va politsiya bilan mojarolar. Va bularning barchasi futbolchi 22 yoshligida yuz bergan.

    Foto: Getty Images

    Best 1946-yilning 22-may sanasida Shimoliy Irlandiyaning Kregag shahrida tug‘ilgan. Onasi va do‘stlarining so‘zlariga ko‘ra, u futbolga bo‘lgan muhabbat bilan ulg‘aygan. Best “Kregag Boyz” yoshlar jamoasida o‘ynayotgan vaqtda skautlar e’tiboriga tushgan va ko‘rik uchun “Manchester Yunayted”ga taklif qilingan. Jorj kuchli stress va uy sog‘inchi tufayli 2 kundan keyin Shimoliy Irlandiyaga qaytib keladi. Lekin “qizil iblislar” unga ikkinchi imkoniyatni taqdim etadi va Jorj undan unumli foydalanadi.

    Futbolchi 17 yoshida “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzoladi. Uning jamoadagi dastlabki davri “Manchester Yunayted”ning inqirozli davriga to‘g‘ri keldi, chunki avvalroq “qizil iblislar”ning ko‘plab futbolchilari halok bo‘lgan va 19 nafari og‘ir jarohat olgan aviahalokat yuz bergandi. Ammo Jorj yo‘qolib qolmadi va birinchi mavsumida 26 ta o‘yinda oltita gol kiritdi. 17 yoshli qanot yarim himoyachisi uchun bu mo‘jiza hisoblanardi. Keyingi mavsumlarda ham rivojlanishdan to‘xtamadi, Britaniyadagi eng mashhur odam va haqiqiy brendga aylandi.

    Best o‘zining butiklari, barlari, tungi klublarini ochdi va reklama roliklarida suratga tushdi. Va bularning barchasini 19 yoshida amalga oshirdi. Jorj 1960-yillarning Bekhemi edi, futbolchi keyingi mavsumlarda ham o‘sib bordi. Uning eng yaxshi o‘yini 1967/68-yilgi mavsum Chempionlar Kubogi finalidan o‘rin olgan “Benfika”ga qarshi bahsga to‘g‘ri keldi. Ushbu o‘yinda “Manchester Yunayted” “Benfika”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi, Best bitta gol urdi. “Qizil iblislar” Yevropa Chempionlar Kubogida g‘alaba qozongan birinchi ingliz klubiga aylandi.

    Mavsum yakuniga ko‘ra, 53 ta o‘yinda 32 ta gol urgan Jorj Best “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. Futbolchi “Manchester Yunayted” muxlislarining mehrini qozondi.

    Foto: Getty Images

    Shundan so‘ng Best barlarga borish, janjallashish, o‘g‘rilik qilish va mast holda avtomobil boshqarishni boshladi. Jorj keyingi to‘rt mavsumda bularning barchasini futbol bilan yonma-yon bajarishga muvaffaq bo‘ldi, lekin janjallar borgan sari ko‘payib bordi. Bir safar futbolchi yo‘qolib qoldi va bir hafta davomida topilmadi. Best qaytib kelgandan keyin kechirim so‘radi, lekin klub direktoriga bu yoqmadi. Keyinchalik Best yanada ko‘proq janjallarga aralashishni boshladi va klubdan haydaldi. Shundan so‘ng ko‘p ichishni boshladi, xotini bilan janjallashdi, Avstraliya, Hindiston, Amerika klublarini va pastki liganing autsayder jamoalarini aylanib chiqdi.

    Faoliyatini tiklash uchun so‘nggi umid uning “Fulhem”dagi ikki mavsumi bo‘ldi. Futbolchi 48 ta o‘yin o‘tkazdi, 11 ta gol urdi va ko‘plab golli uzatmalarni amalga oshirdi. Ammo bu ikki mavsum uning uchun “Fulhem” tarkibidagi so‘ngisi bo‘ldi.

    Faoliyati yakunlanganidan keyin ham Best janjallarga aralashishdan to‘xtamadi. Xotini Jorj tomonidan kaltaklangani uchun ajrashishga ariza berdi va uni tashlab ketdi. Sobiq futbolchi buni o‘zi ochgan barda ichish uchun yana bir sabab deb hisobladi.

    2002-yilga kelib u o‘z obro‘si bilan birga jigarini ham o‘ldirdi. Jorj shoshilinch va deyarli bepul jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan o‘tkazdi. Best tirik qoldi, biroq unga alkogol taqiqlandi. Jorj buni qabul qildi va ahvolini yaxshilash uchun psixologga bordi. Operatsiyadan keyingi birinchi yilda tinch va yaxshi hayot kechirdi, ammo keyingi ikki yil dahshatli o‘tdi. U qilayotgan ishi yomon ekanini va dahshatli tugashini tushundi, lekin ichishda va janjal chiqarishda davom etdi. Oqibatda 2005-yilda kasalxonaga yotqizildi. Uning jigari yana ishlamay qolgandi. Doktorlar Bestni saqlab qolishning imkoni yo‘qligini aytdi va sobiq futbolchi buni qabul qildi. U taxminan bir hafta yashadi va kundan-kunga ahvoli yomonlashdi.

    Hayotining so‘nggi kunida uning oldiga jurnalistlar keldi. Ko‘pchilik OAV vakillarini haydab yuborgan bo‘lardi, lekin Jorj unday qilmadi. Muxbirlarni ko‘rib chin dildan xursand bo‘ldi va barcha savollarga javob berdi. Gazetaga bergan intervyusi oxirida “Men kabi o‘lim topmang” degan jumlani aytdi.

    Ertasi kuni Jorj Best gazeta birinchi sahifasida chiqdi, lekin uning o‘zi buni ko‘ra olmadi. Chunki sobiq futbolchi erta tongda Londonda vafot etgandi. U endigina 59 yoshga kirgandi.

    Tashqaridan qaraganda u baxtli hayot kechirganga o‘xshaydi, biroq Bestning o‘zi bunday hisoblamaydi. O‘sha intervyuda u muntazam tungi klublarga borganidan, xotinini aldaganidan, “Manchester Yunayted”ga qarshi chiqqanidan afsusda ekanini aytdi va uni professional futbolga olib kelgan skautdan tortib, xotini va bolasigacha hammadan kechirim so‘ragandi. Haqiqiy Best hayotning so‘nggi kunida namoyon bo‘lgandi.

    22.05.2023, 23:47   Izoh (0)   18935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Borussiya D” Bundesligada g‘alaba qozonishi uchun bir qadam qoldi. Germaniya chempionligi uchun kechayotgan kurash haqida

    22.05.2023, 21:54

    Superliga. “Navbahor” safarda “Bunyodkor”ni tor-mor etdi, “Andijon” “Qizilqum” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

    22.05.2023, 21:37

    FIFA Rossiya chempionati legionerlariga klub bilan shartnomani bekor qilishga ruxsat beruvchi qaror muddatini uzaytirdi

    22.05.2023, 18:41

    “Buyuk futbolchilar o‘ynagan liga bugun irqchilarga tegishli!”. “Valensiya” muxlislari Vinisiusni “portlash”ga majbur qildi — u yig‘ladi, chetlatildi va ijtimoiy t...

    22.05.2023, 15:21

    “Real Madrid” basketbol jamoasi 11 karra Yevroliga g‘olibiga aylandi. Bu rekord natija (video)

    22.05.2023, 11:02

    U-20 JCH—2023. Braziliya 5 ta gol urilgan o‘yinda Italiyaga yengildi, Yaponiya yoshlari Senegaldan ustun keldi

    22.05.2023, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.