Basketbol bo‘yicha Yevroliga 2022/23-yilgi mavsumida “to‘rtlik finali” yakunlandi.
21-may kuni Litvaning Kaunas shahrida o‘tkazilgan final o‘yinida “Real Madrid” Gretsiyaning “Olimpiakos”ini 79:78 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar o‘yin tugashiga 3 soniya qolganda 2 ochkolik aniq uloqtirish orqali g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa ispan klubi 11 karra Yevroliga g‘olibiga aylandi. Bu musobaqadagi rekord natija.
Yevroliga uchinchi o‘rini uchun kechgan bahsda “Barselona” klubi “Monako”ga yutqazib qo‘ydi (66:78).
“Real Madrid” bundan avval 1964, 1965, 1967, 1968, 1974, 1978, 1980, 1995, 2015 va 2018-yillarda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Yevroligada g‘olib chiqish borasida keyingi o‘rinlarda “SSKA Moskva” (8), “Makkabi Tel-Aviv”, “Panatinaikos” (6 tadan) va “Vareze” (5) jamoalar turadi.
Izoh (0)