Yevrokuboklar yarim finalidan o‘rin olgan o‘yinlar yakunlandi. UEFA har bir musobaqada haftaning eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.
![](/static/gettyimages-1491202752-1024x1024.jpg)
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi “Real”ga qarshi o‘yinda (4:0) dubl muallifiga aylanib, jamoasining finalga chiqishiga yordam berdi.
![](/static/gettyimages-1255973760-1024x1024.jpg)
Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi “Sevilya” futbolchisi Erik Lamela bo‘ldi. Lamela “Yuventus”ga qarshi yarim final bahsida (2:1) gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
![](/static/gettyimages-1491338340-1024x1024.jpg)
Konferensiyalar Ligasida esa “Bazelga qarshi bahsda (3:1) dublga erishgan “Fiorentina” a’zosi Nikolas Gonsales haftaning eng yaxshisi deb topildi.
Izoh (0)