“Katta yettilik” (AQSH, Kanada, Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Yaponiyadan tarkib topgan mamlakatlar guruhi – G7) mamlakatlari Rossiyaga eksportni to‘liq taqiqlashdan bosh tortdi, buning o‘rniga yetkazib berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni kengaytirish tanlandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Xirosima sammitida G7 yetakchilari tomonidan qabul qilinadigan bayonot loyihasida dori-darmon, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari barcha eksportni taqiqlash bandi mavjud emas.
Embargo o‘rniga G7 Rossiya harbiy texnikasi uchun muhim bo‘lgan taqiqlangan narsalar ro‘yxatini kengaytiradi. Gap sanoat uskunalari, elektrotexnika va sanoat ishlab chiqarishi, qurilish, transport va tadbirkorlik xizmatlari uchun boshqa tovarlar haqida bormoqda.
Amaldagi rejimga muvofiq, Rossiyada barcha tovarlarni eksport qilishga ruxsat beriladi, sanksiya ostidagilar esa bundan mustasno.
“Katta yettilik” davlatlarining asosiy e’tibori Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan uchinchi davlatlarga nisbatan mavjud sanksiyalar bo‘shliqlarini yopishga qaratiladi.
Izoh (0)