Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qoladi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi.
Matsunoning qayd etishicha, Rossiyaning harakatlarini “hech qanday sabab bilan oqlab bo‘lmaydi”.
Yaponiya tomoni “Katta yettilik”dagi raislik davrida asosiy e’tiborni Rossiyaga qarshi cheklovchi choralar va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratishini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko, Yaponiya hukumati “AQSHning Rossiyani yakkalab qo‘yish siyosati bilan hamfikr” ekanini ta’kidlagan.
Izoh (0)