• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligida qurilayotgan yangi avtomobil zavodi haqida nimalar ma’lum?

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligida yangi avtomobil zavodi qurilishi boshlangani haqida xabar berilgan edi. Bishkekdan 50 kilometr uzoqlikdagi Oqsuv qishlog‘ida qad rostlaydigan “Altin tulpar una kurulush” nomli zavod rekord muddatda — 180 kun ichida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

    Foto: Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi

    11-may kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov ushbu zavod qurilishi poydevoriga kapsula qo‘ygandi.

    “Bugun Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zaro tashriflar amalga oshirilib, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga oid kelishuvlar bilan tasdiqlanmoqda. Bugungi kunda yengil avtomobillarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurish uchun kapsulaning qo‘yilishi ham buning isbotidir. Bu har ikki davlat uchun strategik ahamiyatga ega loyiha”, — degan edi bosh vazir.

    Ikki davlat hamkorligida qo‘shma avtomobil zavodi ishga tushirilishi bo‘yicha Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyida Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida kelishuvga erishilgandi.

    Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomalarga ko‘ra, dastlabki bosqichda 3 yil ichida 10 ming, ikkinchi bosqichda 20 ming, uchinchi bosqichda 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavodda ikki ming ishchi o‘rni yaratiladi.

    2022-yilning oktabrida uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Muso Jamanbayev qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvi raisi Aziz Aaliyev 14-mart kuni “Birinchi radio” efirida birinchi bosqichda zavodga avtomobil yig‘ish uchun butlovchi qismlar yetkazib berilishini bildirgan. “Bu shinalar, charm mahsulotlari, faralar, avto simlar, furnituralar ishlab chiqarishdir. Yangi ish o‘rinlari iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, avtomobil sanoati zarur qismlarga ega bo‘ladi”, — deb qayd etgan u.

    Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Aynura Usenbekovaning so‘zlariga ko‘ra, zavod 19 modeldagi avtomobillar, jumladan, mikroavtobuslar, pikaplar va sedanlar ishlab chiqaradi. Korxonada Chevrolet, Daewoo va Isuzu rusumli avtomashinalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Konveyerdan birinchi chiqadigan mashina Cobalt bo‘ladi.

    “DT Technik” kompaniyasi direktori Farxodjon Do‘smatovning ta’kidlashicha, zavodda dastlabki bosqichda Chevrolet va Isuzu tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi.

    Yengil avtomobillar narxi —13 ming dollardan, yuk mashinalari — 28 ming dollardan boshlanadi.

    Qirg‘izistonlik ekspert, siyosiy fanlar nomzodi Alina Moldokeyeva O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligidagi avtomobil zavodi bo‘yicha “Daryo”ga o‘z fikrlarini bildirdi: “Qirg‘iziston—O‘zbekiston avtomobil zavodi qurilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil yanvarida imzolangan kelishuv tasdig‘idir. Uni amalga oshirish 2023-yilning yoziga mo‘ljallangandi. Avtomobil zavodi rekord muddatda — 180 kun ichida qurilishi rejalashtirilgan. Loyihani ma’lum ish hajmi bilan bir necha bosqichda tashkil etish rejalashtirilgan”.

    Uning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston uchun loyiha har qanday holatda ham manfaatlidir. Bu iqtisodiy o'sish, barqarorlik, ishsizlik kamayishini anglatadi. Ekologiya bilan bog‘liq muammo ham hal etiladi. Avtomobillar yangi Yevropa standartlari asosida ishlab chiqariladi va havoni ifloslantirmaydi.

    Alina Moldokeyeva kelishuvda ko‘zda tutilgan preferensiyalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

    • yengil avtomobillar ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar va avtomobillarning o‘zi QQS va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish;
    • avtomobil xaridorlarini birlamchi ro‘yxatga olishdan ozod qilish;
    • ishlab chiqarilayotgan avtomobillar davlat xaridlari imtiyozlar yaratish;
    • ishlab chiqarilgan avtomobillarga avtokreditlar uchun mablag‘ ajratish;
    • avtotransport ishlab chiqarilgandan keyin ikkinchi yil uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etish;
    • import qilinadigan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovini 2023-yil 1-yanvardan oshirish.

    “O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonidan shartnomalar imzolangan. Avtomobilsozlikdan tashqari, iqtisodiyotning 30 ta turdosh tarmoqlari (charm o‘rindiqlar, qoplamalar va avtomobillar uchun tegishli detallar ishlab chiqarish) jalb etiladi. Bu ham Qirg‘iziston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini oshirishga olib keladi”, — deya qo‘shimcha qilgan ekspert.

    14.05.2023, 15:19   Izoh (0)   18854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda shaharda yashovchilar soni qishloqda yashovchilar sonidan ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi

    14.05.2023, 14:20

    Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 320 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi (video)

    14.05.2023, 13:49

    O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar top o‘ntaligi maʼlum bo‘ldi

    14.05.2023, 12:59

    Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilayotgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari orasidan dori chiqqani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.05.2023, 12:27

    O‘zbekistonda shifokorlar Amerika standartlari bo‘yicha tayyorlanadi

    14.05.2023, 11:59

    Namangan va Jizzaxda noqonuniy yer sotayotgan mansabdorlar ushlandi

    14.05.2023, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.