Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Jamshid Xo‘jayev va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Muso Jamanbayev uchrashib, ko‘p qirrali o‘zbek—qirg‘iz hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqdi.

Investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari korib chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda qirg'iz kapitali asosida 291 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Tomonlar ikki mamlakat hududida to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shu nuqtai nazardan, 2022—2025-yillarga mo‘ljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini, shuningdek, Qishloq xo'jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g'‘risidagi bitim hamda Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan O‘zbek—Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini muhokama qilgan. Jamg‘arma mablag‘larini jalb qilgan holda Qirg‘izistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.

Gidroenergetika hamda transport va logistika sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari alohida tartibda ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat