O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari Amerika standartlari asosida tayyorlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya AQSHga xizmat safari doirasida Vebster universiteti prezidenti Julian Shuster bilan muloqot qildi. O‘quv yurti professor-o‘qituvchilari ishtirokida, keng formatda o‘tgan uchrashuv yakunida Vebster universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturlari orqali Amerika standartlari asosida tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.
Izoh (0)