O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqoriligi maʼlum bo‘ldi.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-—mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trillion so‘m miqdorida qayd etilgan. O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
- Xitoy – 19,9 foiz;
- Rossiya – 15,7 foiz;
- Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz;
- Turkiya – 6,1 foiz;
- Kipr – 5,4 foiz;
- Germaniya – 3,3 foiz;
- Shveysariya – 3 foiz;
- Singapur – 2,9 foiz;
- Gonkong – 2,8 foiz;
- Buyuk Britaniya – 2,7 foiz.
Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqida O’zbekiston hamkorlikka tayyor bo’lgan beshta asosiy yo’nalishni aytgandi. Shuningdek, birinchi chorakda O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday rivojlangani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)