• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda auksiondan salkam 230 mln so‘mga uy sotib olgan fuqaro unga egalik qilolmayapti. Onlayn savdoga qo‘yilgan uy yashirincha sotilgan bo‘lib chiqmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi fuqaro “Daryo”ga murojaat qilib, auksion savdo orqali salkam 230 million so‘mga ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olganini, ammo qonuniy auksion g‘olibi bo‘lishiga qaramasdan uyga egalik qilolmayotganini aytmoqda.

    “Biz qarzdorlik evaziga xatlangan va auksion savdoga qo‘yilgan ko‘p qavatli uydagi xonadonni auksion savdoda qatnashib, 229 million 545 ming so‘mga sotib oldik va pulini o‘z vaqtida to‘ladik. Lekin uyni olganimdan so‘ng, MIB xodimi uyni egasidan olib berolmasligini, boisi auksion savdo bo‘layotgan paytda uy egasi boshqa bir inson bilan kelishib, uyni sotib yuborganini aytdi. Biz savdo bo‘layotgan paytda qanday qilib, uy egasi o‘zboshimchalik bilan uyni sotib yuborishi mumkinligini, savdo davom etayotganda bunday harakatlar to‘xtatilishi kerakligini aytdik. Ammo natija bo‘lmayapti. Auksionning qonuniy g‘olibi bo‘lsam-da, haligacha uyni ololmayapman”, — deydi bu haqda tahririyatga murojaat qilgan Husanjon Shamsiyev.

    Murojaatchi O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2017-yil 27-iyul kuni imzolangan qarorga ko‘ra, auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi kuchiga ega bo‘lib, mol-mulkni taqiqdan yechish, uni auksion g‘olibiga topshirish, shuningdek, g‘olib nomiga mulkni, mulk huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanishini aytmoqda.

    “Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 46-bandiga muvofiq mazkur bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi-ku”, — deydi u.

    Husanjon Shamsiyev Qarshi shahrida mazkur vaziyat bo‘yicha masʼullar prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini tan olmayotganini aytmoqda.

    “Fuqarolarning qonuniy manfaatlariga bepisand muomalada bo‘lishayotgani achinarli. Ayrim davlat tashkiloti xodimlarining hukumat qarori ijrosiga befarqlik va loqaydlik qilishi oqibatida biz kabi fuqarolarning muammolari ko‘paymoqda. Yuqori tashkilotlarga murojaat qilishimizga sabab bo‘lmoqda”, — deydi murojaatchi.

    Aniqlanishicha, Husanjon Shamsiyev 2023-yil 24-mart kuni onlayn “E-auksion” savdoda qatnashib, lot raqami №4713163 bo‘lgan Qarshi shahar “Roguzar” mahallasi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 497-uyning 7-xonadonini sotib olgan.

    “Bizdan oldinda turgan auksion g‘olibi belgilangan muddatda uy pullarini to‘lamaganligi sababli uyni onlayn auksionda menga taklif qilishdi va men pullarni to‘liq to‘ladim. Auksion natijalar to‘g‘risidagi bayonnoma berildi. Bayonnomani olib Qarshi shahar Majburiy ijro byurosiga borsam, ijro xodimi Abbos Yoqubov uyni olib berolmasligini aytdi. Sababini so‘raganimda uyning egasi auksionda birinchi g‘olib bo‘lgan fuqaro bilan o‘zaro kelishib uyini sotganini aytdi”, — deydi murojaatchi.

    Fuqaroning aytishicha, auksion savdo o‘tayotgan paytda 2023-yilning 19-aprel kuni uy egasi uyini yashirincha sotib yuborgan.

    “Uy auksion savdoga qo‘yilganini bank va MIB xodimlari bilmasdimi? Yoki uyni sotishga qo‘yilgan taqiqni ko‘chadan kelgan boshqa inson yechganmi? Bank va MIB xodimlari auksion jarayoni ketayotganini bila turib, nima uchun noqonuniy ish qildi? Davlatimiz rahbari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlarni bank va MIB tan olmaydimi? Yoki qandaydir manfaat turibdimi? Prezidentimizning 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-sonli qarorida ham ‘auksion g‘olibi aybi bo‘lmagan taqdirda, maʼmuriy tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi’, deb belgilab qo‘yilgan-ku”, — deydi Husanjon Shamsiyev.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etib, masʼullardan tayinli javob kutadi.

    09.05.2023, 21:23   Izoh (1)   9250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5079866468@telegram.org / 10.05.2023, 14:24

      Bularni kuchi oddiy fuqarolarga yetadi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bizni yaqin yillarda energetik va ekologik inqiroz kutmoqda” — iqlimshunos O‘zbekistonni jiddiy xavfdan ogohlantirdi

    09.05.2023, 21:15

    Malayziya Qashqadaryoda dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi

    09.05.2023, 19:50

    Captiva 5 mojarosi: UzavtoMotors sudda yana yutqazdi

    09.05.2023, 19:40

    Shavkat Mirziyoyev g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

    09.05.2023, 17:50

    Kolumbiya universiteti bilan 4 ta yo‘nalishda  hamkorlik o‘rnatildi

    09.05.2023, 17:25

    Namanganda talaba xotinini o‘ldirib, o‘zini ham pichoqlagan erkakning holati haqida maʼlumot berildi

    09.05.2023, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.