Arabistonning Makka shahrida ziyorat uchun borgan xorazmlik ayollar tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab, qochib ketgani haqida xabar tarqaldi. Xorazm IIB mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarlarda ular Arabistonga kelsa o‘g‘irlik qilgani uchun qo‘lini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishlari to‘g‘risida aytilgan. Mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib o‘tilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlandi.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatgani maʼlum bo‘ldi. Hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)