Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,43 so‘mga pastlab, 11 445,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 0,09 so‘mga oshib, 12 652,48 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,57 so‘mga ko‘tarilib, 146,15 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, 11 459,46 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)