Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar qurol va patronlarni 19 million so‘m va 100 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida aniqlangan. 25-aprel kuni Qamashi tumani hududida tumanning “Qorasuv” MFYda yashovchi S.X. 1 dona 16 kalibrli qo‘lbola usulda yasalgan o‘q otar quroli va 4 dona patronni 19 million so‘m va 100 dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)