Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 nafar fuqaro noqonuniy baliq ovlagani aniqlandi.
Xabarga ko‘ra, aholi murojaatiga asosan Ohangaron tumanidagi Qayirma qishlog‘i hududida reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Ohangaron–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobil to‘xtatildi.
1991-yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. boshqaruvidagi avtomobil tekshirilganida B.A. bilan birga 1981-yilda tug‘ilgan D.A. hamda 1984-yilda tug‘ilgan R.K.lar elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani maʼlum bo‘ldi. Ular jami og‘irligi 48 kg, 2950 dona baliqni nobud qilgan. Bu orqali tabiatga 531 000 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudi tomonidan hukm chiqarildi. Unga ko‘ra, huquqbuzarlar tomonidan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 531 000 000 so‘m miqdoridagi zarar belgilangan tartibda undirilishi belgilandi.
Izoh (0)