Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “BuKun” dasturida maʼlum qilindi.
Xabarga ko‘ra, holat Toshloq tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Asli andijonlik bo‘lgan 33 yoshli ayol o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida o‘qituvchini haqoratlagan.
Voqea sodir bo‘lgan kuni maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchi qizga maktabga ota-onasi bilan kelishini aytib, talab qo‘ygan. Bu esa qizning onasini g‘azablantirgan. Shundan so‘ng kelib janjal ko‘targan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan 6 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Apellyatsiya sudida ayol vaqtincha ishsiz bo‘lgani uchun jarimani to‘lay olmasligini aytgan. Lekin o‘qituvchidan kechirim so‘ramagani uchun sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida maktab direktori bir necha shaxslar tomonidan kaltaklangani aytilgan edi. Shuningdek, viloyatning Sariosiyo tumani xalq ta’lim bo‘limi mudiri hududdagi maktablardan birining direktorini haqorat qilgan edi.
Izoh (0)