• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda 32 yoshli mahkum 12 nafar IIB xodimi va bir nafar mahkum tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

    Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashagan 32 yoshli Sanjarbek Mamajonov 2022-yilning 21-mart kuni Shahrixon tuman IIB xodimlari va bir nafar mahkum tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida tergov hibsxonasida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida maʼlum qildi.

    Maʼlum bo‘lishicha, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashagan 1990-yilda tug‘ilgan Sanjarbek Mamajonov 2021-yilning 28-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudida juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik qilishda ayblanib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2021-yil 10-sentabrdagi ajrimi bilan o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 12 kunlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi shu muddatga axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan.

    Biroq Sanjarbek Mamajonov axloq tuzatish jazosini o‘tamaganligi sababli 2022-yil 18-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudi ajrimiga ko‘ra o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 12 kun muddatli axloq tuzatish ishlari shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan. Va u Shahrixon tuman katta probatsiya inspektorlari K.Boymatov, J.Asronov va Sh.Maʼmurovlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sihat-salomatligi aniqlangach, tuman IIB navbatchilik qismining vaqtincha saqlash xonasiga joylashtirilgan.

    2022-yilning 19-mart kuni esa IIB xodimlari M.Qodirov hamda Sh.Maʼmurov hamrohligida ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasiga o‘tkazilgan. O‘sha kuni tergov hibsxonasining 58-kamerasiga o‘tkazilgan mahkum o‘zini yomon his qilayotganini aytgach, 20-mart kuni 49-kameraga joylashtirilgan. Mahkum bu kamerada ham tobi yo‘qligini aytib, boshqa mahkumlarga xalal bergach, ayblov xulosasida aytilishicha, hibsxonaning 7 nafar xodimi tomonidan kamerasiz xonada to‘rt soatdan ortiq vaqt davomida ayovsiz kaltaklanib, aynan shu kamerada nomaʼlum muddatga ushlab turilgan. Keyin esa soat 11:00 larda mahkumning sog‘lig‘i yomonlashganiga qaramasdan boshqa kameraga o‘tkazilgan. Mahkum o‘sha kamerada boshqa bir mahkum tomonidan ham kaltaklangan. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmaganligi sababli o‘sha kuni soat 14:30 da vafot etgan.

    “Ezgulik” jamiyati raisi Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limida ham shafqatsiz qiynoqlarga solish holati yuz berayotganini bildirgan.

    Taʼkidlanishicha, “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jayev bosqinchilikda gumonlangan 40 yashar ukasi Dilshodjonning 2023-yilning 12—15-aprel kunlari Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limida shafqatsiz qiynoqlarga solinganini bildirgan.

    “Og‘zi va qo‘llari skotch bilan bog‘lanib, noinsoniy qiynoqlarga solinganini iddao qilgan. Surishtiruv, advokatlari va guvohlar bilan suhbatlardan so‘ng maʼlum bo‘ldiki, Dildoshjon To‘raxo‘jayev haqiqatan ham fuqaro kiyimidagi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari, qora maxsus kiyimdagi ‘ajal farishtalari’ va tergovchilar tomonidan majburiy ko‘rsatma olish maqsadida qiynoqqa solingan.

    Jinoyat kodeksining 251-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanib, Toshturmada saqlanayotgan 29 yashar Hasanboy Abdunabiyevga nisbatan sodir etilgan qiynoq natijasida u salkam nogironga aylanib qoldi. Uning badaniga elektroshoker vositasida yetkazilgan zarar rasmlarda ham aks etgan. Uning momataloq badanidagi jarohatlar hanuz ketgani yo‘q.

    Afsuski, bunday qiynoq va zo‘ravonliklardan huquqni muhofaza qilish organi tugul qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmlarni amalga oshirganini iddao qilayotgan ombudsmanning ham xabari bor. Katta ehtimol bilan ular bunday jinoyatlarni yashirishga harakat qilishadi, jamoatchilikni aldash, mamlakatda qiynoqlarga barham berilgan, degan yolg‘on hisobotlar bilan chiqishadi”, — deyiladi Abdurahmon Tashanovning bu haqdagi chiqishida.

    01.05.2023, 20:26   Izoh (0)   15121
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi shifoxonada vitiligo kasalligi hujayra ko‘chirish yo‘li bilan davolanmoqda

    01.05.2023, 20:25

    Senatning navbatdagi yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi

    01.05.2023, 20:05

    Tadbirkorlar hisob raqamidagi pulni noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

    01.05.2023, 19:50

    Toshkentda maktab o‘quvchilarining mushtlashuvi aks etgan videoga izoh berildi

    01.05.2023, 19:20

    YXHT referendumning dastlabki natijalari bo‘yicha xulosalarini e’lon qildi 

    01.05.2023, 19:10

    O‘zbekistonda tojik kavragi o‘simligiga moratoriy joriy etildi

    01.05.2023, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.