Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Olmazor tumanida maktab o‘quvchilarining mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar MMTB matbuot xizmati mazkur videoga izoh berdi.

Xabarga ko‘ra, bu voqea bundan bir yarim oy muqaddam, aniqrog‘i, 2023-yil 15-mart kuni 134-maktabning orqa tomonidagi stadionda yuz bergan. Maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilaridan bir guruhi Amerika kinosiga taqlidan o‘zaro “mushtlashuv” uyushtirib tasvirga olgan.

Voqeadan xabardor bo‘lgan maktab maʼmuriyati o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini yig‘ib, muloqot o‘tkazgan. O‘quvchilar xatti-harakatlari uchun kechirim so‘ragan va o‘sha kuniyoq o‘zaro kelishib ketgan. Hozirda ularning o‘zaro munosabatlari do‘stona, darslarda muntazam qatnashib kelmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi