• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chegaradan o‘tish azobi so‘xliklar sochini oqartirgan” — So‘x chegarasining og‘riqli o‘tmishi va buguni

    Chegara. Bu so‘z kimgadir oddiy eshitilsa, yana kimgadir og‘ir ho‘rsiniqlar beradi. Pasportga chegara muhrini bostirish uchun doim qovog‘i uyuq chegarachi oldiga ayb qilgan boladek shumshayib borish va har gal aytiladigan ters gaplar ichingga chuqur botib ketadi. Yilda bir emas, ikki emas, kunora shu hol takrori kishini iztirobga soladi.

    Farg‘ona viloyatining eksklav hududi hisoblangan So‘x tumaniga olib boruvchi chegaralardan o‘tish bir vaqtlar insonlarga ana shunday azob bergan. So‘x — Qirg‘izistonning Botken viloyati hududi bilan o‘ralgan, O‘zbekistonga qarashli tumandir.

    Skrinshot / Google Earth
     

    “Daryo” muxbiri So‘xga safar qilib, chegara bojxona postlari orqali o‘tishning avvalgi va hozirgi holatini o‘rgandi. So‘xlik Bahodir Safoyevning xotirlashicha, bir vaqtlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara bojxona postilaridan o‘tish g‘oyatda murakkab bo‘lgan. Odamlar uzundan uzoq navbatda turib, chegaradan o‘tishni soatlab, hatto kunlab kutishga majbur bo‘lgan.

    Bahodir Safoyev
    Foto: “Daryo”

    “Chegara oldin qanaqa bo‘lganini so‘xliklardan so‘rasangiz, yig‘lashadi. Davlatning ko‘p idoralarida ishlaganim uchun avvallari Farg‘onaga hisobot topshirishga borib-kelish qiyin edi. Postda hatto kunlab navbatda turganmiz. Chegara degan so‘zni eshitsam, qaltiraydigan bo‘lib qolgandim. Ovoragarchilik nihoyatda ko‘p edi. Farg‘onaga bormoqchi bo‘lsak, navbat ko‘p bo‘lsa, yeymiz deb yonimizga non va suv olardik.

    Bir insonning otasi Farg‘onadagi shifoxonada vafot etgan. Chegaradan So‘xga mayitni o‘tkazib, o‘g‘lini o‘tkazishmagan. U o‘z otasini ko‘mishga kela olmagan. Bir joyda yashab, otasini ko‘ma olmaganlar bo‘lgan. Vaholanki, So‘x ham O‘zbekistonning tumani”, – deya o‘tgan kunlarni eslaydi u.

    Foto: “Daryo”

    Bahodir Safoyevning aytishicha, ilgari ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi to‘ylarga ham to‘sqinlik qilgan.

    “Oldinlari kelinni So‘xga olib kelib, keyin to‘y kunini belgilardik. Chunki uning postdan o‘tish yoki o‘tmasligi nomaʼlum bo‘lardi. Hatto kelinni olib kelish uchun qo‘shni davlatga borib, qaytishda chegaradan o‘ta olmay o‘sha yerda yashab, qolib ketganlar ham bor. Shuning uchun to‘y kuni belgilanmasdi. So‘xga kelin bo‘lib tushgan, postdan o‘ta olmay dadasini 10-15 yillab ko‘rmagan qizlar bo‘lgan”, – deydi u.

    Chegara yuzlariga ajin tushgan ota-onaning g‘amgin ko‘zlariga boqishga to‘sqinlik qilsa, yayrab-yashnab borib mehriga to‘yolmasang va u yoqdagi mushtiparlaring, jigarlaring ham yurak yutib diydoringni kutsa... Ayrolik kunida farzand bo‘lib nursiz yuzlariga qarab, alvido deya olmasang, bir siqim turpoq tashlash armon bo‘lsa...

    Foto: “Daryo”

    Farg‘ona viloyati va Qirg‘iziston chegarasida “Farg‘ona” va “Rishton” chegara bojxona postlari faoliyat yuritadi. 1991-yilda tashkil etilgan mazkur postlar yillar davomida turli sabablarga ko‘ra bir necha marta ochilgan va yana qayta yopilgan. Yaʼni faoliyati muntazam bo‘lmagan. Xususan, “Rishton” chegara bojxona posti so‘nggi marotaba 2021-yil 1-aprel kuni ochildi va doimiy faoliyat yuritmoqda.

    Hozirda Farg‘ona shahridan “Farg‘ona” chegara bojxona postigacha bo‘lgan masofa 30 kilometrni, “Rishton” chegara bojxona postigacha bo‘lgan masofa 51 kilometrni tashkil etadi. O‘zbekiston 2017-yildan qo‘shni davlatlar bilan qo‘shnichilik munosabatlarini yuqori darajaga chiqara boshladi. Buning natijasida bojxona postlarida harakatlar qayta tiklandi, tovar va transport vositalari harakati sezilarli faollashdi.

    Foto: “Daryo”

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5—6-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng, “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda “So‘x” chegara bojxona postining “Chashma” bojxona punktini zamon talablariga mos ravishda rekonstruksiya qilish yuzasidan topshiriqlar berilgan. 2020-yil davomida “Farg‘ona” chegara bojxona postida amalga oshirilgan qurilish ishlari natijasida fuqarolarni bojxona va chegara nazoratidan o‘tkazish moduli, avtotransport vositalari hamda tovarlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtiruvdan o‘tkazish uchun markaz, transport vositalarini nazoratdan o‘tkazish yo‘laklari 2 tadan 4 taga kengaytirildi. “Farg‘ona” o‘tkazish punkti orqali jami 1 million 184 ming 513 nafar, 2023-yilning yanvar—mart oylarida 330 ming 588 nafar fuqaro harakatlangan. Shuningdek, o‘tgan yili 242 ming 768 ta, 2023-yilning birinchi choragida 67 ming 609 ta avtoransport vositalari mazkur punktdan o‘tgan.

    So‘xlik 90 yoshli Salohiddin ota Zafarov ham ilgari chegaradan o‘tish mashaqqatlarini xotirladi.

    Salohiddin ota Zafarov
    Foto: “Daryo”

    “Avvalari odamlar bojxona postidan o‘tishga juda qiynalardi. Hatto navbat uzunligidan, o‘sha yerda yotib ham qolishardi. Ilgari So‘xda tajribali shifokorlar deyarli yo‘q edi. Ko‘pchilik davolanish uchun Farg‘onaga borardi. Chegaraga navbat uzunligidan o‘sha yerda vafot etganlar ham bo‘lgan. Masalan, bir domla yo‘lda bojxona postidan o‘tishni kutib ko‘p turgan, chegaradan o‘ta olmay uyga qaytgan va vafot etgani haqida eshitganman. Ilgari qirg‘izlar kelib So‘xda narsa sota olmasdi. Savdo qilish qiyin bo‘lardi. Hozir bordi-keldi yaxshi bo‘lib qoldi. Chegaradan o‘tishda muammolar yo‘q”, — deydi otaxon.

    Foto: “Daryo”

    “Hozir chegara ochiq bo‘ldi. Mozorimiz va bozorimiz bir bo‘ldi. To‘y qilsak, yaqinlarimiz qo‘shni davlatlardan kelib bemalol qatnashyapti. Yaqinda bir fuqaro bilan gaplashib qolgandik. Chegara muammosi sabab 10 yil dadamni ko‘rmagandim. Borib, ko‘rib, bir haftada keldim, deb yig‘layapti. Oldin azobdan yig‘lagan bo‘lsa, hozir xunsandchilikdan yig‘layapti. Yelkamizdan bitta katta tog‘ ag‘darildi. Hozirgi paytda 5-10 daqiqada chegaradan o‘tish mumkin. Avvalgidek soatlab kutishlar yo‘q. Qo‘shnichilik joyiga tushdi”, –deya sevinadi Bahodir Safoyev.

    Foto: “Daryo”

    Bugun So‘xga olib boruvchi chegara bojxona postlari zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritmoqda. Postlarda fuqarolar va transport vositalari erkin harakatlanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bir vaqtlar mazkur chegaralardan o‘tishga qiynalgan, ezilgan insonlar bugun duoda, chegaradan naridagi o‘z yaqinlari bilan bemalol bordi-keldi qilmoqda. Bu O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning natijasidir.

    28.04.2023, 18:17   Izoh (0)   6978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining maxsus vakilini qabul qildi

    28.04.2023, 17:53

    Toshkentda avtomoykadan olib qochilgan mashina YTHga uchrab, tashlab ketilgan holatda topildi

    28.04.2023, 17:45

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo ochiq va quyoshli bo‘ladi

    28.04.2023, 17:11

    O‘zbekistonda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti tashkil etildi

    28.04.2023, 16:50

    Samarqandda ikkita maktabning o‘quvchi qizlari o‘zaro mushtlashdi

    28.04.2023, 16:40

    O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

    28.04.2023, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik olimlar fikrni ovozlantirish uchun miya implantini yaratdi

    Dunyo | 16 avgust, 14:14

    Jizzaxda maktabga ishga qabul qilish uchun pora so‘ragan masʼul qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 13:58

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.