AQSH Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) a’zoligidan chiqib ketdi. Bu haqda USA Boxing ijrochi direktori ma’lum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, USA Boxing direktorlar kengashi IBA a’zoligidan chiqish taklifini bir ovozdan ma’qullagan.
Avvalroq AQSH va Buyuk Britaniya IBA a’zoligidan chiqib, World Boxing nomli yangi tashkilotga asos solishi xabar qilingandi.
AQSH ko‘plab mamlakatlar qatori Hindiston va O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatlarini boykot qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Umar Kremlyov 2020-yilning dekabridan buyon IBA’ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan. U lavozimga tayinlangan paytda IBA’ning qarzlari 20 million dollarni tashkil qilgan. 2021-yilning may oyida Kreml barcha qarzlarning to‘liq qaytarilishini e’lon qilgan. 2022-yilda Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi.
Izoh (0)