• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Atletiko” 120 yoshda. Bilbaolik talabalar tomonidan asos solingan “matraschilar” tarixidagi eng muhim 10 voqea

    “Atletiko” 26-aprel kuni La Liga doirasida “Malyorka”ni qabul qiladi. Shu bilan birga klub ushbu kunda 120 yillik yubileyini nishonlaydi. Bayramning asosiy detali yubiley uchun maxsus chiqarilgan oq-ko‘k forma hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    “Atletiko” o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan, 1903-yilga ishora qiluvchi oq-ko‘k rangli formada harakat qiladi. Jamoaga Madrid shahrida o‘qiyotgan uch nafar bask talaba tomonidan asos solingan. Avvaliga Bilbaoning “Atletik” klubi qoshidagi jamoa bo‘lgan “Atletiko” biroz vaqt o‘tishi bilan ajralib chiqdi.

    Foto: Marca

    “Atletiko” birinchi yillarida ko‘k-oq rangli formada harakat qilgan, biroq 1911-yilda dizayn tubdan o‘zgardi. Ular arzon, qizil-oq rangli matras uchun foydalaniladigan matodan libos tikishni boshladi, chunki jamoada pul yetishmovchiligi bor edi. Klubning mashhur “matraschilar” laqabi ham shundan kelib chiqqan.

    1911-yilga kelib “Athletic Club de Madrid” jamoasi ro‘yxatga olingan. O‘shanda klub logotipini ham, ranglarini ham qizil-oqqa o‘zgartirgandi. Oradan yana 6 yil o‘tgach, klubning logotipida hozirda mashhur bo‘lgan elementlar Madrid gerbi, ayiq va olma daraxti paydo bo‘ldi.

    “Atletiko”da Ispaniyaning boshqa grand klublaridan farqli ravishda deyarli hamma vaqt moliyaviy resurslar muammosi bo‘lgan. Lekin bu klubning titullar qo‘lga kiritishiga xalaqit qilmagan. 

    Jamoaning asosiy statistikasi:

    • Asos solingan sana — 1903-yil, 26-aprel;
    • Birinchi nomi — “Athletic Club de Madrid”;
    • Ispaniya chempionatidagi mavsumlar — 86;
    • Segundadagi mavsumlar — 6;
    • Stadion — “Vanda Metropolitano”;
    • Stadiondagi o‘rinlar soni — 67 703.

    Jamoaning sovrinlari:

    • 1 ta Interkontinental kubogi;
    • 3 ta Yevropa Superkubogi;
    • 1 ta Rekopa;
    • 3 ta Yevropa Ligasi kubogi;
    • 11 ta Ispaniya chempionati g‘olibligi;
    • 10 ta Ispaniya kubogi;
    • 10 ta Pichichi kubogi;
    • 12 ta Samora kubogi.

    Quyida “Atletiko” tarixiga oid 10 ta eng muhim voqea eslab o‘tiladi.

    Ligadagi ilk 2 chempionlik (1940 va 1941-yil)

    O‘sha yillardagi fuqarolar urushi mamlakatdagi barcha sport turlarini, xususan, futbolni to‘xtatib qo‘yganiga va “Atletiko”ning o‘zi 1939-yilda Segundada o‘ynaganiga qaramay, jamoa Ispaniya Primerasiga yo‘llanma oldi. Biroq bu sport prinsiplari asosida bo‘lmadi. Urush paytida stadioni vayron bo‘lgan “Ovyedo” jamoasi Primerada qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi va “Atletiko” oliy divizionda maydonga tushishi e’lon qilindi. O‘shanda klub bosh murabbiyi afsonaviy ispan darvozaboni Rikardo Samora bo‘lgan va jamoa birinchi o‘yinda “Osasuna”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.

    Mavsumning so‘nggi qismi xavotirli o‘tgan. “Atletiko” mavsumdagi so‘nggi o‘yinida “Valensiya”ni mag‘lub etgan. Jamoa chempion bo‘lishi uchun musobaqa g‘olibligi uchun kurashayotgan “Sevilya” so‘nggi turda ochko yo‘qotishi kerak edi. Omad “Atletiko”ga kulib boqqan, “Sevilya” “Erkules” jamoasi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan. O‘sha mavsumda “Atletiko” Ispaniya Primerasidagi ilk chempionligini qo‘lga kiritgan.

    Keyingi mavsumda “Atletiko” yana La Ligani yutadi, o‘shanda ham musobaqa taqdiri so‘nggi turda hal bo‘ldi, lekin bu safar hammasi jamoaning o‘ziga bog‘liq edi. “Matraschilar” Primeraga qaytgan “Ovyedo”ni mag‘lub etishi kerak edi va jamoa buni uddaladi. Samora klubni tarixda ikkinchi marta Ispaniya chempioniga aylantirdi.

    Xalqaro maydondagi birinchi kubok — Kubok egalari kubogi (1961/62-yilgi mavsum)

    “Atletiko” 1960-yillarda o‘z tarixidagi eng kuchli jamoaga ega bo‘lgan. O‘shanda hatto “Real” futbolchilari ham ularning asosiy raqibi “Barselona” emas, balki “Atletiko Madrid” ekanini tan olgan. Buni aynan “Atletiko” va “Real Madrid” jamoalari Ispaniya chempionati va Generalissimus Kubogi uchun kurashgani ham tasdiqlaydi. “Matraschilar” 1961/62-yilgi mavsumda Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan. Madrid klubi finalda “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushgan, birinchi o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan, qoidalarga ko‘ra uchrashuv qaytadan o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Jahon Chempionatini o‘tkazish bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli takroriy o‘yinni 4 oy kutishga to‘g‘ri keldi. “Atletiko” ikkinchi o‘yinda Italiya klubini yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi va chempionga aylandi.

    Foto: Marca

    Interkontinental kubogi (1975-yil)

    Chempionlar Ligasi finalida 1974-yilda “Bavariya”dan, 2014 va 2016-yilda esa “Real”dan qabul qilingan mag‘lubiyatlar “Atletiko” tarixidagi eng alamlisi hisoblanadi. Interkontinental kubogi esa “matraschilar” tarixidagi eng muhim titullardan biri. Jamoa turnirga “Bavariya” ishtirok etishdan bosh tortganidan so‘ng yo‘l olgan. “Atletiko” turnir finalida “Independyente”ni mag‘lub etdi, avvaliga mehmonda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi, keyin esa o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

    Foto: Marca

    Luis Aragones davri. Maydonda ham, murabbiylar shtabida ham afsonaga aylangan birinchi mutaxassis

    Luis Aragones “Atletiko” tarkibida o‘ynagan o‘n yili davomida jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lgan. U futbolchilik faoliyatini 1974-yilda klubning eng yaxshi to‘purari va afsonasi sifatida yakunlagan. Aragones 10 yil ichida 3 ta sovrin yutgan — 1 marta Primera va 2 marta Ispaniya Kubogi.

    Aragones 1973/74-yilgi mavsumni futbolchi sifatida boshlab, Primerada 6 ta, Yevropa Ligasida 3 ta o‘yin o‘tkazganiga qaramay, jamoa prezidenti Visente Kalderon undan murabbiy Xuan Lorensoning o‘rnini egallashini so‘raydi. Natijada Luis jamoaga murabbiy sifatidagi birinchi kelishida Interkontinental kubogi, Primera va Ispaniya kubogida g‘alaba qozonadi. Keyinchalik Luis ko‘p marta jamoaga qaytdi, ikki marta Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. 2002-yilda esa klubni Segundadan oliy divizionga qaytardi. Umuman olganda u jamoani 612 ta uchrashuvda murabbiy sifatida boshqargan.

    “Santyago Bernabeu”dagi to‘rtta Ispaniya Kubogi

    “Atletiko” qo‘lga kiritgan barcha 10 ta Ispaniya Kubogi sovrinlari bir xil ahamiyatga ega bo‘lsa-da, azaliy raqib maydonida yutilgan 4 ta sovrin ko‘proq yoqimli xotira bo‘lib qolgan. “Matraschilar” birinchi marta 1959/1960-yilgi mavsumdagi Ispaniya kubogi finalida Pushkash, Di Stefano va boshqalar o‘rin olgan yulduzli tarkibga ega “Real Madrid”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. Bu tasodif bo‘lmagan, chunki “Atletiko” keyingi mavsumda ham “Santyago Bernabeu”da “qaymoqranglilar” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempion bo‘lgan.

    “Atletiko”ning “Bernabeu”dagi uchinchi esda qolarli g‘alabasi 1992-yilgi Ispaniya Kubogiga to‘g‘ri keladi. Unda “matraschilar” “Real Madrid”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Shundan so‘ng “Atletiko” derbilarda 14 yillik g‘alabasiz seriyani o‘tkazgan. 2013-yilning 17-mayida Ispaniya Kubogi finalida muvaffaqiyatsiz seriya buziladi. Uchrashuvda Diyego Kosta hisobni ochgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu gol urib durang natijani ta’minlagan. Ammo qo‘shimcha vaqtda Miranda g‘alaba golini urib, hamma narsani o‘zgartirib yuborgan. “Atletiko” azaliy raqib maydonidagi to'rtinchi g'alabasini qo‘lga kiritgan.

    Xesus Xil bilan ko‘tarilish va tushishlar

    “Atletiko” tarixidagi eng ulkan davrlardan biri 1987-yilning 27-iyunida boshlangan. Klubga Xesus Xil prezident etib saylanadi. Saylovlarda muxlislarga jamoaga yulduz futbolchini olib kelishni va’da berib, g‘alaba qozongan. Xil yulduz futbolchini jamoaga olib keldi. Bu “Portu” o‘yinchisi Paulu Futre bo‘ldi.

    Xil qo‘l ostida “Atletiko” 3 tadan La Liga va Ispaniya Kubogini yutgan. Uning qo‘l ostida klub ikkinchi divizionga ham tushib ketgan. U murabbiylarni qo‘lqop kabi almashtirardi. Uning prezidentlik vaqtida jamoaning ayni vaqtdagi aksiyadori Xil Marin o‘sib ulg‘aydi. Ayni vaqtda klubda uning roziligisiz hech narsa qilinmaydi.

    Foto: Marca

    Oltin dubl (1995/96-yilgi mavsum)

    Bu “Atletiko” bir mavsumda ham Ispaniya chempionatini, ham Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan yagona holat hisoblanadi. Radomir Antich deyarli hech qanday transfersiz juda raqobatbardosh jamoani to‘play oldi. Jamoa dastlab Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ni mag‘lub etdi. Ispaniya chempionatida ham oxirigacha kurashdi va so‘nggi turda “Albasate”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Primerani qo‘lga kiritdi.

    Foto: Marca

    Ispaniya ikkinchi ligasidagi omadsizlik

    Oltin dubldan 4 yil o‘tib, “Atletiko” ajoyib tarkibi va o‘sha vaqtdagi yulduzi Hasselbaynk bilan birgalikda Primeraning so‘nggi turida “Ovyedo” bilan durang o‘ynab, Segundaga tushib ketdi. Bu klubning Ispaniya oliy divizionidan ikkinchi marta tushib ketishi edi va klubning yangi tarixidagi eng yomon vaqt bo‘ldi. 1999/2000-yilgi mavsum janjal va sud jarayonlari bilan o‘tdi, shulardan birida Xesus Xil klubni boshqarish huquqidan mahrum qilingandi. Klub ichkarisida prezidentlik uchun kurash tufayli tartibsizliklar boshlandi, o‘sha paytda futbol ikkinchi darajaga tushib qoldi.

    Biroq chempionatdagi yomon natijalarga qaramay, “Atletiko” Ispaniya Kubogi uchun kurash olib bordi va jamoa aynan o‘sha yerda o‘zining haqiqiy darajasini ko‘rsatayotgani sezildi. Ammo turnir finaliga chiqqan “Atletiko” “Espanyol”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Atletiko”ning darhol Primeraga qaytmagani ham klub imiji uchun zarba bo‘ldi. Keyingi mavsumda esa “matraschilar” oliy divizionga qaytdi.

    “Visente Kalderon” bilan xayrlashuv

    “Atletiko” 2017-yilning 21-mayida o‘z stadioni “Visente Kalderon” bilan xayrlashdi. Ba’zilar uchun bu fojia, klubning juda muhim qismini yo’qotish edi. Boshqalar uchun esa klub rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qadam bo‘ldi. Shunga qaramay bu stadion xotirasi ham, uning nomi bilan atalgan shaxs kabi abadiy yashaydi. 

    Foto: Marca

    Simeone davri — klub tarixini o‘zgartirgan murabbiy

    “Atletiko”ning boy tarixiga qaramay, aynan Diyego Simeonening klubga kelishi Ispaniya va Yevropada jamoaga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Simeone nafaqat “Real Madrid” va “Barselona”ning gegemonligini to‘xtata oldi, balki raqobatchilari bilan moliyaviy tomondan bellasha olmay turib, ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.

    Foto: Marca

    Jamoaning muvaffaqiyati o‘yin bilan birga moliyaviy jihatdan ham o‘sish imkonini berdi, klub budjetini tobora oshirib bordi. “Cholo” aql bovar qilmaydigan ishni bajardi va o‘z nomini klubning 120 yillik shonli tarixiga yozib qo‘ya oldi.

    26.04.2023, 23:48   Izoh (0)   5217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi, “Aral” “Do‘stlik” ustidan yirik g‘alabani nishonladi 

    26.04.2023, 20:30

    Golfchi Beyl, bokschi Evra va poygachi Bartez. Futboldan ketgan, ammo sportni tark eta olmaganlar

    26.04.2023, 20:10

    APLda hayot-mamot jangi. “Arsenal” safarda “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi

    26.04.2023, 17:18

    “Chelsi” keyingi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi

    26.04.2023, 16:26

    CAFA Nations Cup—2023 musobaqasiga qur’a tashlandi

    26.04.2023, 14:24

    Jahon futbolidagi eng keksa o‘yinchi Kadzuyoshi Miura o‘zining 16-klubida debyut qildi

    26.04.2023, 13:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.