“Sirkon” gipertovushli qanotli raketalari bilan qurollangan “Marshal Shaposhnikov” fregati Rossiyaning eng xavfli dengiz kemasi hisoblanadi. Bu haqda Military Watch xabar berdi.
Maqola mualliflari gipertovushli qanotli raketaning kema bilan birga foydalanilishini “Marshal Shaposhnikov”ning eng puxta o‘ylangan takomillashtiruvi deb atagan.
2017-yildan beri suvosti kemalariga qarshi fregat sezilarli darajada takomillashtirildi. Kema zamonaviyroq sensorlar, elektronika va qurollar bilan jihozlangan. Bu qurol dunyodagi kemaga qarshi qanotli raketalarning eng xavfli sinfi hisoblanadi.
“Fregat dastlab kemaga qarshi maqsadlarda ishlab chiqilmaganiga qaramay, faqat ‘Sirkon’lar tufayli u boshqa qurollardan foydalanmasdan turib yerusti zarbalari guruhini zararsizlantirishga qodir”, — deyiladi xabarda.
“Marshal Shaposhnikov” fregati — Rossiya dengiz flotining Tinch okean floti tarkibiga kiruvchi 1155M loyihasining 1-darajali Sovet va Rossiya ko‘p maqsadli fregati. Bort raqami 543. Fregat Sovet itifoqi marshali Boris Mixaylovich Shaposhnikov sharafiga nomlangan.
Kema 1982-yil Rossiya dengiz floti ro‘yxatiga kiritilgan. 1983-yilda Kaliningraddagi “Yantar” kemasozlik zavodida katta suvosti kemasiga qarshi kema sifatida qurilgan. 1985-yil yanvar oyida ishga tushirilgan. 1985-yil 30-dekabrda foydalanishga topshirilgan, bir yil o‘tib Tinch okean flotida ro‘yxatga olingan.
Izoh (0)