• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Xonzoda Do‘stova davlat filmi uchun 2 ming dollarlik reklamadan voz kechgani va Sherali Jo‘rayev parodiyasi uchun tanbeh eshitgani haqida (video)

    Taniqli vayner Xonzoda Do‘stova “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida “xashaki” rejissorlar va Sherali Jo‘rayevga yoqmagan parodiyasi haqida gapirdi.

    — “Ingliz tilini bilasiz, uning ustiga professional aktrisasiz, nega blogerlik qilib yuribsiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Haqiqatan ham, internetga vaynlar olish uchun to‘rt yil tahsil olmaganman. Ammo hozirgi aktyor va aktrisalarning boshqa iloji ham yo‘q. Chunki xashaki rejissorlar ko‘payib ketgan, agar ular ko‘rsatgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan bo‘lsak, birorta tuzuk rol ijro etolmaymiz. Yolqin To‘ychiyev, Zulfiqor Musoqov yoki Ayub Shahobiddinov kabi rejissorlar har yili film olishavermaydi. Kinoning kulminatsiyasi nima ekanligini bilmaydigan rejissorlar esa oyiga yangi serial olishni “uddalashyapti”. Bir umr bloger bo‘lib qolib ketishni istamayman. 30-40 yoshga kirganimda ham vaynlar olib yurish niyatim yo‘q. Ungacha jiddiyroq sohaning etagidan tutib, bir stolning egasi bo‘lishni istayman, — deydi Xonzoda Do‘stova.

    Foto: “Daryo”

    — Pul hamma qatori menga ham kerak, ammo bu pulni ustun ko‘raman deganim emas. Mana, yaqinda bir davlat filmiga taklif qilishdi. Gonorar summasini ham so‘ramay, suratga tushishga rozi bo‘ldim. Chunki aniq bilaman, davlat filmlaridagi kunlik gonorar 200-250 ming so‘m bo‘ladi. Suratga olish ishlari tog‘da bo‘lishini aytishdi. Ayni o‘sha vaqtda 2 000 AQSH dollarlik reklama taklif etishayotgan edi. Menejerim “Shuncha pulga reklama kelyapti”, deyishiga qaramay, film syomkasiga ketdim. Bir necha kunlik syomka uchun 1 million 900 ming so‘m olgan bo‘lsam ham, har holda to‘rt yil bejiz aktrisalikka o‘qimaganimni his qildim. Shunchaki rol ijro etishni istamayman, qiynalib ishlagim keladi. Afsuski, aksariyat rejissorlar ishga nihoyatda yengil yondashadi, — deydi aktrisa Xonzoda Do‘stova.

    U suhbat davomida “Aktyor shou”da dadasining yordami bilan ishtirok etgani haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    — Institutning ikkinchi kursida o‘qiyotganimda “Aktyor shou”ga taklif etishgan. To‘g‘risi, bu men uchun juda og‘ir sinov bo‘lgan. Ijodiy tomondan qiynalmaganman, ammo otam shouda ishtirok etishimga jiddiy qarshi bo‘lgan. Shunda oldilariga kelib, “Dada, yuzingizni yerga qaratmayman, o‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”, deganman. Shundan keyin indamagan. Ammo ko‘rsatuv tugaguniga qadar 3 oy davomida men bilan umuman gaplashmagan. Sahna ko‘rinishim uchun rekvizit va kiyimlarni olishim uchun pul kerak bo‘lardi, ammo uydagilardan pul so‘rolmasdim. Syomka jarayonlari ba’zan kechgacha davom etardi yoki tayyorgarlik jarayonlari cho‘zilib ketardi. Bu otamga yoqmasdi. Asliddin Do‘stovning qizi ekanimni bilgach, ba’zi insonlar “San’atkorning bolasi-da, otasi hakamlarni gaplashib bergan”, deb noto‘g‘ri gumonga borishdi. Ko‘rsatuvda ishtirok etishimni istamagan inson menga yordam berishi mumkinmi?

    Xonzoda Do‘stova shouda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevni parodiya qilgani uchun xonandaning yaqinlari tomonidan tanqid qilingani va chiqishini YouTube tarmog‘idan butunlay o‘chirtirishgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘rsatuv bilan qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga, ko‘ngilxiraliklar ham talaygina. Masalan, tanish-bilishchilikka ko‘p marta yo‘l qo‘yilgan. Rejissor yoqtirgan qizini, Shahzoda Muhammedova stilistlik ham qiladigan aktyorni, boshqa ustozlar esa kursidagi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlardi. Ularning ichida bitta men begona edim. Qanday obrazda chiqishimizni kompyuter tanlab berardi. Bir marta menga Sherali Jo‘rayev obrazini ko‘rsatib berish sharti tushgan. Qiz bola bo‘lsam-da, erkak kishini parodiya qilganman va qo‘shiqni ham jonli ijroda kuylaganman. Tomoshabinlar chiqishimni olqishlar bilan qarshi olishgan. Uyga kelsam, otamning jahllari chiqib o‘tirgan ekan. Sababini so‘rasam, ustoz san’atkorning ma’muri unga qo‘ng‘iroq qilib: “Qizingiz nega parodiya qildi?” deb gapiribdi. Otamning bu chiqishimdan xabari bo‘lmagan. Uning xijolat bo‘layotganini ko‘rib, rosa jahlim chiqqandi. Parodiya ham bir san’at, men atayin bu obrazni olib chiqmadim-ku, deganman. Eng yomoni, takroriy ko‘rsatuvda chiqishimni o‘chirtirib tashlashgan, YouTube’ga joylangan variantini ham o‘chirtirishgan. Ammo baribir bu chiqishim boshqa tarmoqlarda tarqalib ketgan. Ustoz san’atkorni hurmat qilaman, ammo bunday e’tirozni kutmagandim. Men mazax qilib chiqqanim yo‘q, berilgan shartni bajardim, xolos.

    23.04.2023, 15:25   Izoh (0)   18690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Selena Gomes ikkinchi o‘rinda: Dunyodagi eng boy Disney yulduzi nomi e’lon qilindi

    22.04.2023, 19:10

    “Bollivud qiroli Shohruh Xonga bo‘lgan muhabbatim tufayli ingliz tilini o‘rgandim”. Vayner Xonzoda Do‘stova IELTS’dan 7,5 ball olgani haqida (video)  

    22.04.2023, 15:59

    “Aslida men biroz uyatchan va odamoviman” — Rianna, Zendaya, Kianu Rivz va boshqa introvert yulduzlar (foto)

    22.04.2023, 11:43

    “Taxtlar o‘yini” franshizasidagi mashhur rollaridan keyin boshqa film va seriallarda ham ajoyib obraz yaratgan aktyor va aktrisalar

    21.04.2023, 19:50

    15 000 dollar: Gollivud yulduzi Silvestr Stallone nima sababdan iti uchun shuncha pul sarflagan? 

    21.04.2023, 17:35

    Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va pulni aql bilan sarflaydigan mashhurlar (foto)

    21.04.2023, 13:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.