Limonli suv metabolizm uchun foydali ekanini hamma biladi. Bu suv yog‘lar parchalanishiga yordam beradi va metabolizmni tezlashtiradi. Ichimlikning asosiy ta’siri boshqa xususiyatda yotadi, buni vazn yo‘qotadigan insonlar yodda tutishi kerak.
Ertalab kunni limon bo‘lagi va bir stakan suv bilan boshlaysizmi? Bunday ichimlikni nonushta boshlanishiga yoki hatto tushlik va kechki ovqatdan oldin ichgan ma’qul. Umuman olganda, proteinga boy har qanday ovqatdan oldin limonli suv ichsa bo‘ladi.
Protein mahsulotlari vazn yo‘qotish va mushaklar qurishiga sabab bo‘ladi. Umumiy standartlarga ko‘ra, inson har kuni 1 kilogramm vazniga kamida 1-1,5 gramm protein iste’mol qilishi kerak.
Ushbu qoidaga rioya qilishni 100 foiz foydali deb bo‘lmaydi. Oqsil nafaqat tanaga muntazam ravishda kirishi, balki oshqozon muhitida ham to‘liq so‘rilishi kerak.
Ovqatlanishdan biroz oldin bunday ichimlikni ichsangiz, xlorid kislotasini ishlab chiqarishni rag‘batlantirib, oshqozonda kislotalilikni oshirishingiz mumkin. Bu sizga proteinli ovqatlarning hazm bo‘lishini yaxshilashga imkon beradi, shuningdek, kislotali komponentlar qo‘shilgan sitrus souslari va marinadlar bilan taomlarni yanada mazali qiladi.
Ayrim insonlarga ovqatlanishdan oldin limonli suv ichish mumkin emas. Agar sizda oshqozon-ichak traktining buzilishi va boshqa salomatlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, oqsil miqdorini oshiradigan ichimlik organizmga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun bu borada shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Izoh (0)