Asal va xamir bo‘laklaridan tayyorlanadigan mazali shirinlikni uy sharoitida tayyorlasa ham bo‘ladi. Chak-chak tatar oshxonasining o‘ziga xos shirinliklaridan biri hisoblanadi.
Kerakli masalliqlar:
- tuxum — 5 dona;
- tuz — yarim choy qoshiq;
- pishiriq kukuni — 1 choy qoshiq;
- un — 450 g;
- o‘simlik yog‘i — 1 l;
- shakar — 320 g;
- suv — 220 ml;
- asal — 170 g;
- limon kislotasi — 1 chimdim.
Tayyorlanishi:
- Tuxumga tuz qo‘shib ko‘pirtiring. Pishiriq kukuni va un qo‘shing. Uni silliq xamir holatiga keltiring;
- Xamirni dumaloq qilib, oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rang va 1 soatga qoldiring. Keyin mushtlab, qalinligi 1-2 mm bo‘lgan qatlamga aylantiring;
- Xamirni ingichka chiziqlar shaklida kesib oling va ularni 15-20 mm uzunlikdagi bo‘laklarga bo‘ling;
- O‘simlik yog‘ini kastryulka yoki ichi chuqur, qizdirilgan idishga soling. Kichik xamir bo‘laklarini 3-4 daqiqa davomida qizargunga qadar qovuring, qog‘oz sochiqlarga qo‘ying;
- Boshqa idishga shakar va suv soling. Aralashtirib 10-15 daqiqa davomida qaynatib oling;
- Siropga asal va limon kislotasi qo‘shing. Asalni eriguncha aralashtiring va sovutib oling;
- Xamir bo‘laklari ustiga siropni teng ravishda soling va aralashtiring. Massani tarelka ustiga yoying yoki undan kichik to‘plar hosil qiling. 1-2 soatga qoldiring;
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)