Lavash xamiri, sosiska va pishloqdan tayyorlanadigan ajoyib yegulik sizga ham yoqishi aniq. Unga o‘zingizga yoqqan sous yoki ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
- sosiska — 3-5 dona;
- yupqa lavash xamiri — 1 dona;
- pishloq — 150 g;
- ko‘katlar — ta’bga ko‘ra;
- mayonez — ta’bga ko‘ra;
- tuxum — 2 dona;
- tuz — ta’bga ko‘ra;
- murch — ta’bga ko‘ra;
- sut — 1-2 osh qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 4-5 osh qoshiq.
Tayyorlanishi:
- Sosiskalarni qaynatib oling. Lavash xamirini bir xil to‘rtburchak shaklida kesing;
- Sosiskalarni mayda qilib to‘g‘rang. Pishloqni, ko‘katlarni mayonez bilan aralashtiring. Unga pomidor bo‘laklarini qo‘shishingiz mumkin;
- Xamirning ichiga massani soling va konvert shaklida bukib oling;
- Tuxumni tuz, murch va sut bilan ko‘pirtiring. Kattaroq tarelkaga soling;
- Qizdirilgan idishga yog‘ni soling. Konvertlarni tuxum aralashmasiga to‘liq botirib oling, so‘ngra qizargunga qadar har ikki tomonini qovuring.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)