• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Makron Si Szinpinni urushni to‘xtatish uchun Kremlga taʼsir o‘tkazishga unday olmadi

    Pekinda uch kunlik tashrif bilan bo‘lgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoy yetakchisi Si Szinpinni Ukrainadagi urushni tugatishga yordam berish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi.

    “Rossiyani o‘ziga keltirish va barchani muzokaralar stoliga qaytarish uchun sizga ishonishim mumkinligini bilaman”, — dedi Makron Si bilan 6-aprel kuni o‘tkazilgan uchrashuvda.

    Makronning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi inqiroz jahonning yirik kuchlari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan bloklarga bo‘linib ketishi xavfini tug‘dirmoqda.

    Bunga javoban Xitoy rahbari tomonlar imkon qadar tezroq tinchlik muzokaralarini o‘tkazishiga umid bildirish bilan cheklandi, ammo Rossiya haqida gapirmadi va biror marta “urush” so‘zini tilga olmadi.

    Foto: EPA

    Makronning Xitoyga safari davomida unga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen hamrohlik qildi, Fransiya rahbari uni Xitoy rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etishga taklif qilgandi.

    Makronning Xitoyga safari diqqat bilan kuzatildi, chunki Pekin va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi bir necha yil ichida tobora yomonlashgan. Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini bevosita qoralashdan ham bosh tortgan.

    Bundan tashqari, Makron Xitoy bilan savdo aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda: u o‘zi bilan biznes vakillaridan iborat katta delegatsiyani olib kelgan.

    Tinchlik rejasi va yadroviy qurol

    Makron Si bilan yopiq eshiklar ortida muzokaralar o‘tkazishdan oldin Pekindagi dabdabali harbiy paradni tomosha qildi. Xitoy va Fransiya rasmiylari suhbatni “ochiq” va “do‘stona” deb ta’rifladi.

    Foto: Reuters

    Muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Si Szinpin Ukrainadagi urush haqida gapirib, “Xitoy tinchlik muzokaralari tarafdori va mojaroga siyosiy yechim izlamoqda” dedi. Shuningdek, u xalqaro hamjamiyatni sodir bo‘layotgan voqealarga nisbatan “oqilona vazminlik” ko‘rsatishga chaqirdi.

    Fevral oyida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi “Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Xitoyning pozitsiyasi” deb atalgan hujjatni eʼlon qilgandi. Ushbu “tinchlik rejasi” 12 bandni o‘z ichiga oladi, Si Szinpin Moskvaga mart oyidagi tashrifi chog‘ida uni Putin bilan muhokama qilgan.

    G‘arb davlatlari va Ukraina Xitoy takliflarida tinchlikka erishish bo‘yicha birorta aniq mexanizm yo‘qligini, hujjatni Pekinning tinchlik rejasi emas, balki uning urushga nisbatan pozitsiyasi sifatida ko‘rish mumkinligini bildirdi. AQSH, shuningdek, Xitoy Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlashi mumkinligidan bir necha bor xavotir bildirgan, ammo bu chindan amalga oshirilayotgani bo‘yicha belgilar yo‘q.

    Makron bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida Xitoy rahbari mojaroda yadro qurolidan foydalanmaslik kerakligini yana bir bor taʼkidladi.

    Mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus hududiga taktik yadro qurolini joylashtirish niyati borligini maʼlum qilgandi. E’tiborli jihati, bu bayonotdan oldin Moskvadagi uchrashuvda Putin va Si “barcha yadroviy kuchlar yadro qurolini o‘z milliy hududlaridan tashqarida  joylashtirmasligi va xorijda joylashtirilgan barcha yadro qurollarini yig‘ib olishi kerak” degan deklaratsiyani qabul qilgandi.

    Emmanuel Makronning aytishicha, Ukraina ishg‘ol ostida qolar ekan, “Yevropa xavfsiz va barqaror bo‘la olmaydi”. U BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi bo‘lgan Rossiya ushbu tashkilot nizomini buzayotganini nomaqbul deb atadi.

    Makronning samimiy ohangi va fon der Lyayenning qattiq bayonotlari

    Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, matbuot anjumanida Makron Xitoy rahbari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan va ko‘pincha unga bevosita murojaat qilgan. Si Szinpin esa matbuotga nisbatan beparvolik bilan gapirgan.

    Foto: Reuters

    Keyinchalik, alohida matbuot anjumanida Yevropa Komissiyasi rahbari fon der Lyayen bir nechta keskin ohangdagi bayonotlar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Pekin Rossiyaga qurol yetkazib bersa, bu xalqaro huquqning buzilishi hisoblanib, Yevropa Ittifoqi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga “sezilarli darajada putur yetkazadi”.

    U “Xitoy adolatli dunyo o‘rnatishga yordam beradigan rol o‘ynashiga” umid bildirdi. “Adolatli dunyo” deganda Lyayen Ukrainadagi urush G‘arb ittifoqchilari ssenariysi bilan tugashini nazarda tutdi —  bunda Kiyev okkupatsiya qilingan hududlari ustidan nazoratni qaytarib oladi. Fon der Lyayen, shuningdek, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning Rossiya qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishni nazarda tutuvchi tinchlik rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

    Avvalroq Zelenskiy Si Szinpin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish istagini bildirgandi, biroq Xitoy rahbari bu taklifga hali rasman javob bermagan.

    Fon der Lyayenning aytishicha, u bilan suhbat chog‘ida Si Szinpin “zarur sharoit va vaqt to‘g‘ri kelganda” Zelenskiy bilan gaplashishga tayyorligini aytgan.

    Makronning tashrifi nima uchun muhim?

    Makronning Xitoyga tashrifi muhim ahamiyatga ega, chunki bu Si Szinpin va G‘arb davlati yetakchisi o‘rtasidagi muhim aloqa. Oxirgi marta Si 2022-yilning noyabr oyida Balidagi G20 sammitida g‘arblik hamkasblari bilan qatnashgan va u yerda AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgandi.

    Bundan tashqari, Makron xalqaro tinchlikparvar sifatidagi obro‘sini mustahkamlashga intilmoqda — endilikda u Ukraina mojarosining barcha asosiy ishtirokchilari bilan shaxsan gaplashib chiqdi: u avvalroq Putin va Zelenskiy bilan bir necha bor uchrashgan.

    Biroq Makron Pekinda jiddiy diplomatik yutuqlarga erisha olmasligi ayon bo‘ldi. Xitoy rahbari o‘zining Rossiya va Ukrainaga munosabatini sezilarli darajada o‘zgartirishi ehtimoli juda kam.

    Makron kichik muvaffaqiyatlarga, umumiy tilga hamda o‘zaro savdo va muzokaralardan olinadigan yutuqlarga e’tibor qaratishga o‘tdi. Fransiya prezidenti urush, G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik Xitoy bilan yaqinroq munosabatlarga to‘sqinlik qilmasligi kerak, degan fikrda.

    Matbuotga qilgan nutqida Fransiya rahbari Xitoyning inson huquqlari bilan bog‘liq muammolari, Pekin va G‘arb o‘rtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan qarama-qarshilik haqida hech narsa demadi. Makronning taʼkidlashicha, bu masala Fransiya uchun muhimligicha qolmoqda, biroq “maʼruza o‘qishdan ko‘ra hurmat ko‘rsatish yaxshiroq”.

    Makron oxirgi marta Pekinga to‘rt yil avval tashrif buyurgan edi. Uning bu yilgi tashrifi Fransiyada pensiya islohoti bilan bog‘liq ish tashlashlar va tartibsizliklar fonida amalga oshirildi.

    08.04.2023, 14:54   Izoh (0)   10422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    WSJ jurnalisti Evan Gershkovichga Rossiyaga qarshi josuslik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

    08.04.2023, 13:50

    Zelenskiy musulmon harbiylar va qrim-tatar faollari bilan iftorlikda ishtirok etdi (foto,video)

    08.04.2023, 12:35

    Rossiyada amaldorlarga bosh vazirning ruxsatisiz mamlakatni tark etish taqiqlandi — OAV

    08.04.2023, 12:19

    Xitoy “separatist kuchlarni ogohlantirish” sifatida Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

    08.04.2023, 10:54

    Belarusda prezidentlikka sobiq da’vogarlardan yana biri koloniyaga hukm qilindi

    08.04.2023, 09:10

    Al-Aqso masjidida juma namoziga 130 ming musulmon yig‘ildi 

    07.04.2023, 23:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.