Iroq “Rossiya” aviakompaniyasining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi. Bu haqda "Kommersant" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 6-aprel kuni sodir bo‘lgan. FV5569 reysini amalga oshirayotgan Boeing-737 samolyoti Yekaterinburg–Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan.
“Uchish uchun barcha ruxsatnomalarga ega bo‘lgan samolyot hech qanday izohsiz Iroq havo hududiga kiritilmagan”, — dedi aviakompaniya matbuot xizmati.
Natijada Rossiya samolyoti Eron havo hududida bir necha marta aylanib, Sochidagi muqobil aerodromga uchib ketgan. 6-aprel kuni tunda Misr shahriga uchish uchun ruxsat olingan va samolyot manzilga 4 soat kechikish bilan yetib borgan.
Izoh (0)