Yaponiyada bortida harbiylar bo‘lgan mudofaa kuchlarining vertolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda NHK xabar berdi.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Miyako oroli yaqinida Yaponiya mudofaa kuchlariga qarashli UH-60 Black Hawk vertolyotining qoldiqlarini topdi. Miyakoga qo‘shni Irabu oroli yaqinida samolyot parragining bo‘laklari, shuningdek, to‘kilgan yonilg‘i ham aniqlangan.

“Vertolyot Miyako orolidan muntazam patrullik qilish uchun havoga ko‘tarilgan. Parvozning umumiy davomiyligi bir soatdan oshmasligi kerak edi, ob-havo sharoiti esa normal bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, gap Amerikada ishlab chiqarilgan Sikorsky UH-60 Black Hawk vertolyoti haqida ketmoqda. Vertolyot bortida 10 nafar harbiy, jumladan, diviziya komandiri bo‘lgan. Ularning taqdiri hozircha noma’lum. Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi kemalari qidiruvga chiqqan.

Izoh (0)