Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 14-aprel kuni Samarqandga tashrif buyuradi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova diplomat MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etishini ma’lum qildi.
“14-aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Ushbu tadbir Samarqandda bo‘lib o‘tadi”, — deya ma’lumot berdi Zaxarova.
Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning aksariyati tashqi ishlar vazirlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan MDH tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etishini tasdiqlagan.
“Aksariyat davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishda qatnashishlarini tasdiqladi. O‘zbekiston tomoni ham uchrashuvni o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi”, — deydi MDH bosh kotibi Sergey Lebedev.
Izoh (0)